Eng ingichka ramkali smartfon: Realme 10 Pro taqdim qilindi

Eng ingichka ramkali smartfon: Realme 10 Pro taqdim qilindi

Joriy oy boshida Realme kompaniyasi o'zining yangi Realme 10 smartfonini taqdim qilgan edi. Bugun esa kompaniya ushbu seriyaga yana ikkita modellarni qo'shdi: Realme 10 Pro va Pro+ smartfonlari rasman namoyish qilindi. Ushbu maqolamizda biz Realme 10 Pro modeli bilan tanishamiz.

Realme 10 Pro modelining o'ziga xos xususiyati shundaki, smartfon ekranining har ikki tomonidagi qora chegaralar qalinligi atigi 1 millimetrni tashkil qiladi. Biroq, ekranning yuqori va ayniqsa pastki chegaralari sezilarlari darajada qalin. 6.72 dyuym o'lchamdagi LCD ekran rezolyutsiyasi 1080 ga 2400 bo'lib, u 120 gerts yangilanish tezligini qo'llab-quvvatlaydi va u 680 nit maksimal yorug'likka chiqa oladi. Aytish kerakki, ko'zni himoyalash uchun displey TÜV Rheinland sertifikatiga ega. Ekran yuqori markazidagi yumaloq tirqish bor va u yerda 16 MP selfi kamera joylashgan.

Orqa tomondagi kameralarga kelsak, smartfon 108 MP asosiy va 2 MP portret kamera sensorlariga ega. Ichkarida qurilma 6 nanometrli protsessor ustiga qurilgan Snapdragon 695 chipida 8/12 GB (LPDDR4X) operativ va 256GB (UFS2.2) doimiy xotira bilan Android 13'ga asoslangan Realme UI 4.0'da ishlaydi. Uning 5,000 mA/s sig'imli batareyasi 33 Vt tezlik bilan 29 daqiqada 50% quvvatlanadi. Qo'shimchasiga smartfon yon tomoniga barmoq izini aniqlash skaneri, tag va tepa qismiga ikkilik dinamiklar o'rnatilgan. Qolaversa, unda MicroSD va naushnik uyasi ham mavjud.

Realme 10 Pro smartfoni 24-noyabrdan uchta rangda: - "yulduz nuri", "tun" va "dengiz" ranglarida sotuvga chiqariladi: Narxlar quyidagicha:

  • 8/256 GB – 1,599 yuan (≈ 2,509,000 so'm)
  • 12/256 GB – 1,899 yuan (≈ 2,979,000 so'm)

O'QING: Oppo A1 Pro smartfoni taqdim qilindi