realme 9 Pro+'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

realme 9 Pro+'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

realme 9 Pro+ o‘zining o‘zgacha dizayni, flagman darajadagi kameralari va tezkor quvvatlash texnologiyasi bilan maqtana oladi. Kompaniya arzon narxga yaxshi texnik jihatlarga ega bo‘lgan smartfonni taqdim etadi. O‘rta toifadagi smartfonlar orasida realme 9 Pro+ boshqa kompaniyalarning smartfonlari bilan bemalol raqobatlasha oladi. 

O‘QING: realme 9 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

realme 9 juftligi 8-seriyadan bir yil o‘tib taqdim etildi. Bungacha kompaniya har olti oyda seriyani yangilayotgan edi. Yana bir o‘zgacha tomoni shundaki, realme 9 Pro+ modeli realme 8 Pro smartfonining, realme 9 Pro esa realme 8 modelining yangi avlodi hisoblanadi. 

Agar yangi realme 9 Pro+ modelini o‘tgan yilgi realme 8 Pro bilan taqqoslak, uning texnik jihatlarida o‘zgarishglar bo‘lgan. 

realme 7 Pro hamda 8 Pro kabi 9 Pro+ modeli ham HRR displey, kuchli apparat ta’minot, yaxshi darajadagi kameralarga ega. 

Foto: GSMArena

Qurilmaga 90Hz yangilanish chastotasi va 360Hz sensorli namuna olish chastotasini qo‘llab-quvvatlovchi 1080p rezolyutsiyadagi 6.4 dyuymli AMOLED displeyi o‘rnatilgan. Qurilmaning Sunrise rangdagi turi quyosh nurlari ostida o‘z rangini ko‘k rangdan qizg‘ish-pushti rangga o‘zgartira oladi. 

MediaTek Dimensity 920 5G chipi bilan o‘yin o‘ynash unumdorligi ham oshgan. Ushbu chipining protsessor va grafik protsessori avvalgi modelga o‘rnatilgan Snapdragon 720 chipinikidan ancha kuchliroq. Shuningdek, u 5G va Wi-Fi 6 tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi. 

Orqa paneldagi kameralar modulidan OIS linzasiga ega bo‘lgan 50MP Sony IMX766 asosiy kamera, 8MP ultrakeng kamera hamda 2MP makro kamera o‘rin olgan. Sath kamera esa olib tashlangan. 

realme 8 Pro modelidan olib tashlangan stereo dinamik esa 9 Pro+ modeliga qaytarilgan. Qurilmadagi 4,500 mAs sig‘imli akkumulyator 60 vattda quvvat oladi. 

realme 9 Pro+'ning texnik jihatlari: 

> Korpus: 160.2x73.3x8.0mm, 182g; old panel shisha (Gorilla Glass 5), orqa panel plastik, plastik rom. 

> Displey: 6.40 dyuymli Super AMOLED, 90Hz ekran yangilanish chastotasi, 430 nit (o‘rta darajada), 1080x2400 piksel rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 411ppi zichlik; yurak urishini o‘lchovchi sensor. 

> Chipset: MediaTek Dimensity 920 5G (6 nm): Sakkiz yadroli (2x2.5 GHz Cortex-A78 & 6x2.0 GHz Cortex-A55); Mali-G68 MC4. 

> Xotira: 6/128GB, 8/128GB, 8/256GB; UFS 2.2. 

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 12, realme UI 3.0.

> Kamera: Asosiy kamera: 50MP, f/1.8, 24mm, 1/1.56“, 1.0µm, PDAF, OIS; Ultrakeng kamera: 8MP, f/2.2, 119˚, 16mm, 1/4.0“, 1.12µm; Makro: 2MP, f/2.4. 

> Selfi kamera: 16MP, f/2.4, 27mm (keng), 1/3.09“, 1.0µm. 

> Video yozuv: Asosiy kamera: 4K@30 kadr/sek, 1080p@30/60/120/480 kadr/sek, 720p@960 kadr/sek, gyro-EIS; Selfi kamera: 1080p@30 kadr/sek, gyro-EIS. 

> Akkumulyator: 4,500 mAh; 60 vatt quvvatlash texnologiyasi, 100% - 44 daqiqada (reklamaga ko‘ra), USB Power Delivery 3.0. 

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (Ekran ostida, optik); 3.5 mm audio jek. 

Qurilma kamchiliklardan ham mustasno emas. Misol uchun, realme 8 Pro modelining xotirasini microSD kartasi bilan kengaytirish mumkin edi. Biroq ushbu imkoniyat yangi modelda yo‘q. 

Foto: GSMArena

Bundan tashqari, smartfonda hech qanday rasmiy IP standarti mavjud emas. Ushbu sinfdagi Xiaomi smartfonlarda hech bo‘lmasa IP53 standarti bo‘lar edi. 

Qadoq tarkibi 

Odatdagidek smartfon sariq qutida keladi. Uning ichida smartfon bilan birga 65 vattlik quvvatlash adapteri, USB-C kabeli hamda shaffof silikon g‘ilof bo‘ladi. 

Foto: GSMArena

O‘QING: Motorola Moto G200 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!