Samsung Galaxy A24 rasmiy narxi ma'lum bo'ldi!
O'tgan hafta Samsung o'zining Galaxy A katalogida smartfonlarini yana bitta ko'paytirdi – kompaniyaning Vetnamdagi veb-saytida Galaxy A24 smartfonining rasmiy sahifasi paydo bo'ldi. Unga ko'ra qurilma quyidagicha texnik xususiyatlarga ega:
Galaxy A24 | |
Ekran |
6.5 dyuym |
Kameralari |
50 MP asosiy 13 MP selfi kamera |
Chipset |
MediaTek Helio G99 |
RAM/xotira |
6 GB + 128 GB 8 GB + 128 GB |
Batareya & zaryadlanishi |
5,000 mA/soat & 25 Vt |
Galaxy A24 birinchi bo'lib Vyetnamda sotuvga chiqmoqda va endilikda ma'lum bo'lishicha uning narxi quyidagicha:
- 6/128 GB xotira konfiguratsiyasi uchun 6 490 000 Vetnam dongi yoxud ≈276 dollar;
- 8/128 GB xotira konfiguratsiyasi uchun 6 990 000 Vetnam dongi yoxud ≈298 dollar.
Smartfon O'zbekiston bozoriga kelishi ehtimoli yo'q emas.