Samsung Galaxy S23 Ultra'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Samsung Galaxy S23 Ultra'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Bir yil o‘tib, Galaxy S22 Ultra kamera va chipsetdagi o‘zgarishlar bilan S23 Ultra'ga yangilandi. Haqiqatdan ham, S23 Ultra'da o‘zgarishlar asosiy kamera va chipsetda bo‘lgan holos. Qolgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha yangi model o‘tgan yilgi S22 Ultra'dan farq qilmaydi. Biroq bu qog‘ozdagi yozuvlar xolos. 

Yangi Ultra bu yil Snapdragon 8 Gen2 chipi bilan jihozlandi. Yadrolarining unumdorlik darajasi oshirilgan ushbu chip aynan Galaxy S23 modellari uchun moslashtirilgan. Garchi akkumulyator sig‘imida o‘zgarish bo‘lmagan bo‘lsa-da, Snapdragon 8 Gen2 chipining samaradorligi yaxshi bo‘lgani qurilmaning quvvati uzoqroq muddatga yetishiga xizmat qiladi. 

Yangi Ultra'da 108MP asosiy kamera 200MP rezolyutsiyaga oshirildi. Qolgan kameralarda o‘zgarish yo‘q. 10x zumli kamerani faqat Galaxy Ultra flagmanlarida topish mumkin. Boshqa raqobatchi kompaniyalarning flagmanlarida bunday imkoniyat mavjud emas. S23 modellari orasida faqatgina Ultra modelning ultrakeng kamerasi avtofokus funksiyasiga ega. 

Qolgan texnik ko‘rsatkichlarida hech qanday katta o‘zgrish yo‘q. Misol uchun, akkumulyator sig‘imi va zaryadlash tezligi hamon o‘sha-o‘sha. Barmoq izi skanering ultra tovushli turi qo‘yilgan. Yaxshiyamki, bu yilgi Ultra'dan 128GB xotirali versiya olib tashlandi, endi eng kichik xotira 256GB ni tashkil qiladi. 

Samsung Galaxy S23 Ultra'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 163.4x78.1x8.9mm, 234g; old panel (Gorilla Glass Victus 2), orqa panel (Gorilla Glass Victus 2), alyuminiy korpus; IP68.

> Displey: 6.80 dyuymli Dynamic AMOLED 2X, 120 gers, HDR 10+, 1750 nits yorqinlik (maksimal), 1440x3088 piksel rezolyutsiya, 19.3:9 forma faktori, 501ppi zichlik.

> Chipset: Qualcomm SM8550-AC Snapdragon 8 Gen 2 (4 nm): Sakkiz yadroli (1x3.36 GHz Cortex-X3 & 2x2.8 GHz Cortex-A715 & 2x2.8 GHz Cortex-A710 & 3x2.0 GHz Cortex-A510); Adreno 740.

> Xotira: 8/256GB, 12/512GB 12GB/1TB; UFS 4.0.

> OT/Dastur ta’minot: Android 13, One UI 5.1.

> Kamera: Asosiy kamera: 200 MP, f/1.7, 24mm, 1/1.3“, 0.6µm, ko‘p yo‘nalishli PDAF, lazer avtofokus, OIS; Telefoto kamera: 10 MP, f/2.4, 70mm, 1/3.52“, 1.12µm, qo‘sh piksel PDAF, OIS, 3x optik zum; Telefoto kamera: 10 MP, f/4.9, 230mm, 1/3.52“, 1.12µm, qo‘sh piksel PDAF, OIS, 10x optik zum; Ultrakeng kamera: 12 MP, f/2.2, 13mm, 120˚, 1/2.55“, 1.4µm, qo‘sh piksel PDAF, Super Steady video.

> Selfi kamera: 12 MP, f/2.2, 26mm (keng), qo‘sh piksel PDAF.

> Video yozuv: Asosiy kamera: 8K@24/30fps, 4K@30/60fps, 1080p@30/60/240fps, 720p@960fps, HDR 10+, stereo ovoz yozish, gyro-IES; Selfi kamera: 4K@30/60fps, 1080p@30fps.

> Akkumulyator: 5,000 mAs; 45 vatt quvvatlash texnologiyasi, 65% - 30 daqiqada (reklamaga ko‘ra), simsiz quvvat olish hamda o‘zidan quvvat berish imkoniyati. 

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (ekran ostida, ultra tovushli); stilus (Bluetooth bilan integrallashgan); NFC; stereo dinamik; Samsung DeX.

Bu yilgi S23 Ultra ham xuddi o‘tgan yilgi model kabi S-Pen bilan jihozlanganligini aytib o‘tish lozim. Avvallari bunday imkoniyat faqat Note seriyasiga berilar edi. Biroq kompaniya Note modellaridan voz kechib, stilusni eng asosiy S smartfon hisoblanadigan Ultra'ga o‘tkazdi. Ko‘rinishidan, stilusda hech qanday o‘zgarish bo‘lmagan. Har holda Samsung taqdimotda stilusga to‘xtalib o‘tmadi. 

Qadoq tarkibi 

Samsung flagmanlari kichik qutida kelishiga hamma o‘rganib qoldi. 

Qutining ichida smartfon bilan birga USB-C kabeli va SIM-karta ignasi bo‘ladi xolos. Quvvlash adapterini qo‘shimcha mablag‘ evaziga sotib olish kerak. 

O‘QING: Samsung Galaxy S23'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!