SpaceX'ning dunyodagi eng katta va kuchli Starship raketasi uchirilishini qanday tomosha qilish mumkin?

SpaceX'ning dunyodagi eng katta va kuchli Starship raketasi uchirilishini qanday tomosha qilish mumkin?

Ilon Maskning odamlarni Marsga yuborish rejasi uning Starship, qayta foydalanish mumkin bo'lgan yangi avlod kosmik kemasining ishlab chiqarilishi bilan uzluksiz bog'liq hisoblanadi va bir necha martalik fantastik omadsizliklar bilan birga ajoyib muvaffaqiyatlardan so'ng, nihoyat, SpaceX'ning dunyodagi eng katta raketasi o'zining ilk parvozi uchun tayyor. Bugun, 17-aprel kuni milliarderning kosmik kompaniyasi Super Heavy bilan to'liq integratsiyalashtirilgan Starship samo kemasini orbitaga sinov tariqasida uchirish niyatida.

Ma'lum bo'lishicha, Starship'ning ekipajsiz ilk orbitaviy parvozi AQSHning Texas shtatidagi Starbase kosmodromidan Toshkent vaqti bilan 18:00 da uchiriladi. Kosmik kema parvozini siz SpaceX'ning rasmiy YouTube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin bo'ladi. Jonli efir raketa parvozidan 45 daqiqa avval boshlanadi. Butun missiya tahminan 90 daqiqada yakunlanadi.

Agar barchasi rejadagidek ketadigan bo'lsa, Starship raketasi uchirilganidan bir necha daqiqa o'tib o'zining Super Heavy buster qismidan ajraladi va orbitaga parvoz qilishda davom etadi. Super Heavy esa Gavayi orollari yaqinidagi Tinch Okeani qirg'oqlariga tushadi. Starship esa orbitaga safarini yakunlagandan keyin Meksika ko'rfaziga tushadi.

Ilon Mask o'zining Twitter'dagi Spaces sessiyasida parvoz amalga oshirilishi "mumkin"ligini va agar SpaceX biron tashvishli narsa topadigan bo'lsa, parvoz qoldirilishini ta'kidlagan edi (Digital Trends orqali).

"Bilasizmi, bu poyezdning stansiyadan aniq 9:03 da jo'nab ketishiga o'xshash narsa emas.", deydi Mask. Milliarderning qo'shimcha qilishicha, Super Heavy busteri 33 ta Raptor dvigatellari bilan jihozlangan va ular raketa ishga tushirilishida ≈7711 tonnalik yerdan itarishni paydo qiladi. "Agar ularning biri noto'g'ri ketib qoladigan bo'lsa, bu bir quti granatalarga o'xshaydi. Juda katta granatalar."

Ma'lumot uchun: SpaceX'ning Starship kosmik kemasi va Super Heavy raketasi (bu ikkalasi birgalikda Starship deb ataladi) ekipaj va tonnalab yuklarni Yer orbitasiga, Oyga, Marsga va undan uzoqqa olib chiqish uchun mo'ljallangan to'liq qayta foydalanish mumkin bo'lgan transport tizimidir. Ta'kidlash joizki, Starship dunyodagi eng katta (120 meter bo'yiga, 9 metr eniga) raketa hisoblanadi va u 100 tagacha odamlar bilan sayyoralararo parvozlarni amalga oshira oladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.