Svchost.exe haqida, bu qanday protses, virus emasmi?

Svchost.exe haqida, bu qanday protses, virus emasmi?

Windows operatsion tizim foydlanauvchilari, tizimda ishlayotgan protsesslarni ko‘rish uchun, «Dispecher zadach Windows» oynasidan foydalanishadi, uni ishga tushirish «CTRL+ALT_DELETE» yoki «CTRL+SHIFT+ESC» tugmalari orqali amalga oshiriladi. Bu oynadan shuni ko‘rish mumkinki, xotiraning ko‘p qismini «svchost.exe» protsessi ishlatmoqda.

svchost_1

Demak savol tug‘iladi, bu qanday protsess, nima sababdan bu protsess soni ko‘p, bu virus emasmi, bir nechtasini o‘chirib tashlash mumkinmi, vahakazo.

Maqolada aynan shu protsess haqida yozib o‘taman, iloji boricha savollarga o‘rin qoldirmaslikka harakat qilaman.

Microsoft’ga asoslanib yozadigan bo‘lsam, svchost.exe bu — katta bir protsess bo‘lib, kutubxona(dynamic-link libraries, dll) fayllarini ishga tushirish uchun xizmat qiladi. Microsoft operatsion tizim funksiyalarini dll- fayl orqali ishga tushiradi, exe fayl yaratib alohida ishga tushirmasdan. Bu dasturlash tomondan ancha qulay, chunki bitta funksiya yaratib unga bir necha bor murojaat qilib ishlatasiz, lekin muammo bor, dll — faylini tizimda turib to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga tushira olmaysiz, sizga qandaydir exe fayl(ishga tushiruvchi fayl) kerak. Bu muammoni hal qilishda svchost.exe protsessidan foydalaniladi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, bu protsessni o‘chirsangiz, bir necha dll — fayllar ishga tushmaydi va tizim ishlashi buziladi. Shuning uchun bu protsessni o‘chirib qo‘ymang.

Bu protsess nima ekanligini bilib oldik, endi navbatdagi savolga duch kelamiz, nima sababdan bu protsess bir necha marotaba yuklanmoqda, nimaga ularning soni ko‘p? agar Windows’ning «Service» bo‘limiga kirsangiz(Vipolnit -> services.msc)juda ko‘p xizmatlarni yoqilgan holda ko‘rishingiz mumkin, bu xizmatlarning hammasi ma’lum bir svchost.exe protsessi yordamida ishlaydi, agar bu protsessni bitta qilib qo‘yilsa va bu protsess ishdan chiqsa, butun tizim ishdan chiqib qoladi. Shuning uchun bu xizmatlar ma’lum bir guruh qilib bo‘linib, har biriga alohida svchost.exe protsessi yaratilgan. Bu eng yaxshi yechim.

Bundan shuni bilish mumkinki, svchost.exe protsessini kamaytirish uchun, kerak emas xizmatlarni o‘chirib qo‘yish lozim.

svchost.exe protsessi aynan qaysi xizmatlarni ishga tushirayotganini «Dispetcher zadach Windows» orqali ko‘rish mumkin. Buning uchun, biror svchost.exe protsessi tanlanib, sichqoncha o‘ng tomoni bosilib, «Pereyti k slujbam» punkti tanlanadi.

svchost_2

Shunda «slujba» vkladkasiga o‘tilib, xizmat turi aniqlashtiriladi va kerak bo‘lmasa o‘chiriladi.

Ba’zi hollarda bu protsess virus ham bo‘lib qolishi mumkin, protsess nomidan foydalangan holda viruslar ham yaratilgan.

Bu virusni qanday aniqlash mumkin? Buning uchun ba’zi narsalarni tekshirib ko‘ring, agar virus bo‘lsa, quyidagilarni bajradi:

— sizning protsessingizni 100% ishlatadi;

— operativ xotirani 100% ishlatadi;

svchost.exe fayli odatiy joyida bo‘lmaydi(C:\Windows\System32);

— protsessda svchost.exe nomi biroz boshqacha yozilgan bo‘ladi(svhost, svchost1, svchost32,…);

— anitivirus svchost.exe faylini tushunmaydi;

svchost.exe fayliga oid xatoliklar chiqishi mumkin.

Bu protsess haqida ma’lumotga ega bo‘ldingiz, bilmasdan bu protsessni o‘chirib qo‘ymang.

 

Manba: ITportal.uz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!