Tez zaryadlash smartfon akkumulyatoriga zararlimi?

Tez zaryadlash smartfon akkumulyatoriga zararlimi?

Ko‘pchilik smartfonni tezkor quvvatlash akkumulyator uchun zararli deb biladi. Shuningdek, tezkor quvvatlash bilan smartfonni qizib, yonib hatto portlab ketgani ham ko‘plab odamlarni tezkor quvvatlash texnologiyasiga shubha bilan qarashlariga sabab bo‘lgan. 

Smartfonlar birinchi paydo bo‘lganda ularning quvvati uzoqqa yetmasligi asosiy muammolardan biri edi. Ammo avvalgi smartfonlarning akkumulyatorini almashtirgan holatda ishlatish mumkin edi. Hozirga vaqtda esa deyarli barcha smartfonlarni akkumulyatorini to‘g‘ridan-to‘g‘ri almashtirishning iloji yo‘q. 

Aslida tezkor quvvatlash akkumulyatorga hech qanday salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Muammo tezkor quvvatlash vaqtida kelib chiqadigan issiqlikda, chunki ushbu jarayonda elektrning tez harakati smartfon yoki uning akkumulyatorini qizitib yuborishi mumkin. Agar akkumulyator qizib ketsa, uning ichidagi ionlar yo‘q bo‘lishni boshlaydi. Natijada akkumulyatorning quvvat samaradorligi kamayib ketadi. Eng yomoni, akkumulyatorning ortiqcha qizishi uning yonib yoki portlab ketishiga ham sabab bo‘ladi. 

Xiaomi hamda Oppo kompaniyalari tezkor zaryadlash vaqtida smartfonni qizib ketishini oldini olish uchun sovutish tizimlarini o‘ylab topishdi. Smartfon tezkor quvvatlanish vaqtida agar u qizishni boshlasa, maxsus sensorlar ushbu muammoni aniqlab zaryadlash tezligini kamaytirishni boshlaydi. 

Sovutish tizimidan tashqari, akkumulyatorini ikki qismga ajratish ham yaxshi strategiyalardan biri. Bunda quvvat oqimi pasayib, tezkor quvvatlash tezligi o‘zgarmaydi. Natijada, smartfon tezkor quvvatlash vaqtida qizib ketmaydi. Shuningdek, smartfon o‘rniga quvvatlash adapteriga issiqlik chiqaruvchi elektron moslamalarini o‘rnatish ham smartfonni qizib ketishini oldini oladi. 

Smartfon akkumulyatoriga qaratilgan shuncha sa’y-harakatlarga qaramay, smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o‘z smartfonlarning akkumulyatori ikki yillik foydalanishdan so‘ng 80% samaradorligini ushlab qolishiga umid qilishmoqda. Albatta, bu har bir foydalanuvchining o‘z smartfonini qay tarzda quvvatlashiga bog‘liq. Akkumulyatorning quvvlash sikli oshib borgan sari, uning samaradorligi pasayib boradi. Lityum akkumulyatorlarini to‘liq quvvatlash yoki quvvatini nolga tushirib yuborish ularning samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 

Xulosa shuki, smartfonlarni tezkor quvvatlash ularning akkumulyatoriga zarar yetkazmaydi. Muhimi, ushbu jarayonda akkumulyatorining qizib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Buning uchun kompaniyalar kerakli bo‘lgan yechimlarni o‘ylab topishgan. 

O‘QING: Rekord yangilanadi: Realme GT Neo5 eng tez quvvatlanadigan smartfonga aylanishi kutilmoqda 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!