TikTok ilk bor foydalanuvchilar statistikasini e’lon qildi: tengi yo‘q o‘sish!

  •   DiMaX
  •  1513
  •  26.08.2020 10:09

TikTok ilk bor foydalanuvchilar statistikasini e’lon qildi: tengi yo‘q o‘sish!

ByteDance internet-kompaniyasi qisqa videolarga mo‘ljallangan TikTok servisining foydalanuvchilari soni haqida ilk bor statistik ma’lumotlarni e’lon qildi. Bunday qarorga AQSh hukumati va shaxsan Donald Tramp tomonidan qilinayotgan bosimlar ham sababchi bo‘lgan.

O‘QING: TikTok servisi Trampni sudga berdi

Mazkur statistikada to‘liq bo‘lmagan ikki yil mobaynida TikTok foydalanuvchilari sonining o‘sishi aks ettirilgan. Unda aynan AQShdagi yuzerlar alohida ajratib ham ko‘rsatilgan.

2018 yilning yanvaridagi holatga qiyoslaganda, amerikalik yuzerlarning oylik faol auditoriyasi naq 800 foizga o‘sgan! Ilovadan muntazam foydalanuvchi AQShliklar soni hozirda 100 million nafardan oshadi; ularning naq yarmi esa har kuni TikTok ishlatadi.

Dunyo miqyosida ham shunaqa o‘sishni kuzatish mumkin: 2018 yilning boshida TikTok auditoriyasi 55 million kishini tashkil etgan bo‘lsa, yil so‘ngida 271 million nafarga yetib ulgurgan edi. 2020 yilning avgustiga kelib esa TikTok’ni yuklab olishlar soni ikki milliarddan oshib ketgan! Kompaniya tahlilchilariga ko‘ra, joriy yilning iyulida servisning faol auditoriyasi 700 million kishigacha o‘sib yetgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ma’lum bo‘lishicha, ushbu ijtimoiy tarmoqda bittagina reklama berish qiymati naq 25 dona iPhone 11 Pro narxiga teng, lekin bu hali holvasi ekan! Yaqinda esa Forbes ilk bor eng serdaromad TikTok yulduzlarini e’lon qilgan. Shuningdek, Instagram ijtimoiy tarmog‘i TikTok’dagi blogerlarni pul berib o‘zining yangi – Reels servisiga og‘dirishga urinyapti.

O‘QING: TikTok sizning qaysi ma’lumotlaringizni yig‘ayotganidan xabaringiz bormi o‘zi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!