TikTok servisi Trampni sudga berdi

  •   DiMaX
  •  580
  •  25.08.2020 16:44

TikTok servisi Trampni sudga berdi

AQShda bloklanish xavfi ostida turgan TikTok servisini sotib olish uchun Microsoft korporatsiyasi muzokara boshlagan, lekin unga Apple ham talabgor. Bu ikkalasidan tashqari, Hindistonning eng qimmat kompaniyasi ham uni xarid qilish uchun kurashga qo‘shilgan edi, lekin...

O‘QING: Apple ham, Microsoft ham emas: Tramp boshqa kompaniya TikTok’ni xarid qilishini ma’qulladi

Mazkur servis AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati ustidan sudga ariza topshirdi, deb yozadi Techcrunch nashri. Da’voga ko‘ra, TikTok’ning taqiqlanishi hech qanday qonuniy asosga ega emas.

TikTok vakillarining ta’kidlashlaricha, amerikalik foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari AQSh hamda Singapurdagi serverlarda saqlanadi va ularga Xitoy hukumatining «qo‘li yetmaydi». Mazkur ma’lumotlar TikTok’ka egalik qiluvchi ByteDance internet-kompaniyasining boshqa servislari tomonidan to‘planadigan axborotlardan ajratilgan holda saqlanadi.

Kompaniyaning eslatishicha, TikTok yaqin uch yil ichida AQShda o‘n mingta yangi ish o‘rni yaratishni rejalashtirgan. Servisning taqiqlanishi esa mamlakatni mana shu iqtisodiy-ijtimoiy foydadan ham mahrum etadi.

Voqealar rivojini Terabayt.uz bilan birga kuzatishda davom eting.

O‘QING: Forbes ilk bor eng serdaromad TikTok yulduzlarini e’lon qildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!