UzMobile 2017 yilga qadar butun O‘zbekiston bo‘ylab GSM tarmog‘ini ishga tushiradi

UzMobile 2017 yilga qadar butun O‘zbekiston bo‘ylab GSM tarmog‘ini ishga tushiradi

UzMobile mobil aloqa milliy operatori 2016 yil oxiriga qadar butun O‘zbekiston bo‘ylab GSM tarmog‘ini ishga tushiradi. Bu haqda kompaniya tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar beradi UzDaily.

Kompaniya hozirgi kunda GSM 2G/3G HSPA+ va 4G LTE texnologiyalaridan foydalangan holda o‘z xizmatlarini taklif etmoqda.

2004 yildan beri CDMA-450 EV-DO standarti asosida xizmat ko‘rsatib kelgan operator 2015 yil martida Toshkent shahri va viloyati, yil oxiriga kelib esa O‘zbekistondagi har bir viloyat markazini GSM tarmog‘i bilan qamrab oldi.

Hozirda UzMobile O‘zbekistonning barcha mintaqalarida dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilari qurilmalarini o‘rnatgan holda GSM tarmog‘ini bosqichma-bosqich ishga tushirish yuzasidan tezkor tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda. Kompaniya GSM bilan bir qatorda CDMA-450 EV-DO tarmog‘ini ham rivojlantirib borishi bildirilgan.

Manba: Daryo.uz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!