"Va'da qilinganidek" – Ilon Mask Twitter logotipi Shiba Inu (Dogecoin) suratiga o'zgartirdi

Xalqimizda "puli ko'pning qilig'i ko'p" degan ajoyib naql bor va bunga, ehtimol, Ilon Maskni misol qilib ko'rsatish mumkin. Milliarder o'zining Twitter ijtimoiy tarmog'idagi qushcha logotipini Dogecoin kriptovalyutasidagi Shiba Inu kuchugi suratiga o'zgartirdi (TechCrunch orqali). Aytish kerakki, o'zgarish faqat twitter.com veb-sahifasi uchun amal qilgan, mobil ilovalar uchun emas. Bunda Shiba Inu ijtimoiy tarmoq veb-saytining asosiy menyusida paydo bo'lgan.

Foto: TechCrunch

Ma'lum bo'lishicha, kompaniya rahbari, Ilon Mask, bu ishnini avval va'da qilgani uchun amalga oshirgan. Yangilik Internetda katta shov-shuv ko'targanidan so'ng milliarder bunga o'z munosabatini bildirgan: u "Va'da qilinganidek" degan holda o'zining o'tgan yilgi suhbatining skrinshotini ulashgan.

– Ilon Mask: Yangi platforma kerakmi?

– "Chairman" nomli foydalanuvchi: shunchaki Twitter'ni sotib ol va qush logotipini doge'ga (Dogecoin) o'zgartir

– Ilon Mask: Haha bu ajoyib bo'lar edi.

Shiba Inu hali beri Twitter'ning asosiy sahifasidan tushganicha yo‘q. Dogecoin narxi esa allaqachon raketadek osmonga uchib ulgurgan – 30%.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!