Vivo kompaniyasining ilk Flip buklamafoni jonli suratlarda!

Vivo kompaniyasining ilk Flip buklamafoni jonli suratlarda!

Vivo kompaniyasi o'zining X Fold 2 kitobli buklamafonini joriy aprel oyida taqdim qilishi kutilmoqda va ehtimol, biz u bilan birga X Flip modelini ham ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Vertikal tarzda ochilib yopiladigan Samsung Galaxy Z Flip raqobatchisi anachadan beri mish-mish qilib kelinayotgan edi va endi uning jonli suratlari Internetda tarqatib yuborildi.

Digital Chat Station, taniqli ma'lumotchi tomonidan ulashilgan jonli suratlarda Vivo X Flip buklamafonining yumaloq shakldagi kamera oroli Zeiss logotipi bilan yonma-yon joylashtirilganligini ko'rishimiz mumkin va bu nimani anglatishini o'zingiz yaxshi bilasiz. Afsuski, smartfon kamerasi haqidagi ma'lumotlar mavjud emas, biroq, mish-mishlarga ko'ra ular ikkita: 50 MP asosiy va 12 MP ultra-keng kameralar bo'ladi.

Kameraning tagida esa buklamafonning eng o'ziga xos xususiyatlaridan biri – katta qo'shimcha ekran o'rnatilgan. Oppo Find N2 Flip buklamafonidan farqli o'laroq Vivo o'zining buklanadigan smartfoni orqa displeyini gorizontal ravishda joylashtirgan va u orqa tomonning yarmidan ko'pini egallab turibdi.

Ta'kidlash joizki, Vivo o'zining ilk Flip buklamafoniga xuddi Galaxy Z Flip liniyasi va Oppo Find N2 Flip modeliga "mos ravishda" pushti rang bergan.

Buklamafon ro'yxat o'tkazilgandagi va uning benchmarklardagi natijalarga ko'ra, uning ichki 6.8 dyuymli displeyi 1080p rezolyutsiyasida bo'ladi. Qurilma kapot ostida esa Snapdragon 8+ Gen 1 chipseti 12 GB operativ xotira mavjud.

Vivo X Flip aynan qachon taqdim qilinishi hozircha noma'lum, lekin yuqoridagi aytilganidek, u shu oyda Vivo X Fold 2 bilan birga debyut qilishi kutilmoqda.