vivo X80 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

vivo X80 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Plus nomi yo‘q bo‘lgan bo‘lishi mumkin, lekin bu sizni aldab qo‘ymasin – vivo X80 Pro o‘tgan yilgi X70 Pro+ modelining yangi avlodi hisoblanadi. Aslini olganda, bu kompaniyaning eng zo‘r kamerafonidir. Shuningdek, qurilmaning boshqa texnik ko‘rsatkichlari ham ancha yaxshilangan. 

Yuqori darajadagi chipset va displey, qo‘shimcha akkumulyator sig‘imi hamda o‘zgacha dizayn - bularning barchasi yangi X80 Pro modelida mujassamlashgan. 

vivo smartfonlari ba’zi hollarda chalkashliklarga sabab bo‘ladi, chunki Xitoyda va xalqaro bozor uchun ishlab chiqariladigan versiyalar o‘rtasida ko‘pincha farqlar bo‘ladi. 

X80 Pro modelida ham shunday. Ikkala versiya ham Android 12 operatsion tizimida ishlaydi. Ammo Xitoy va global versiyalar turli grafik qobig‘ga ega bo‘ladi. Xitoy uchun ColorOS bo‘lsa, xalqaro bozor uchun FuntouchOS tizimi. Bu yildan esa chipsetda ham farqlar paydo bo‘ldi. Xitoy versiya Dimensity 9000, global versiya Snapdragon 8 Gen1 chipi bilan jihozlandi. 

Foto: GSMArena 

Smartfonga Samsung kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan sensor asosiy kamera sifatida o‘rnatilgan. Ikki telefoto kamera esa gimbal stabilizatsiyaga ega bo‘ldi. Ammo telefoto kamerada necha qanday stabilizatsiya funksiyasi yo‘q. 8MP periskop va 32MP selfi kameralar o‘zgarishsiz qolgan. 

Smartfon ikki tomonga qayrilgan QHD rezolyutsiyadagi displey bilan jihozlangan. U adaptiv yangilanish chastotasiga ega bo‘lib, 1-120 gerts chastotalarga almashgan holda ishlashi mumkin. Ekran ostidagi barmoq izi skanerining maydoni ancha kattalashdi. Yil boshida bunday katta o‘qish maydoniga ega bo‘lgan barmoq izi skanerini iQOO 9 Pro smartfonida uchratgan edik. 

Qurilmaning akkumulyator sig‘imi 4,500 mAs dan 4,700 mAs ga oshdi. Kichik ijobiy o‘zgarish. Shuningdek, quvvlash tezligi 66 vattdan 80 vattga oshdi. Bu esa sezilarli o‘zgarish. 

vivo X80 Pro'ning texnik jihatlari: 

> Korpus: 164.6x75.3x9.1mm, 215g; old panel shisha, orqa panel shisha, alyuminiy rom; IP68 standarti . 

> Displey: 6.78 dyuymli LTPO3 AMOLED, 120 gerts, HDR10+, 1500 nit yorqinlik (maksimal), 1440x3200 piksel rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 517ppi zichlik. 

> Chipset: Qualcomm SM8450 Snapdragon 8 Gen 1 (4 nm): Sakkiz yadroli (1x3.00 GHz Cortex-X2 & 3x2.40 GHz Cortex-A710 & 4x1.70 GHz Cortex-A510); Adreno 730. 

> Xotira: 12/256GB; UFS 3.1. 

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 12, Funtouch 12 (Global). 

> Kamera: Asosiy kamera: 50 MP, f/1.6, 1/1.3“, PDAF, Lazer AF, OIS; Ultrakeng kamera: 48 MP, f/2.2, 114˚, 1/2.0“, AF; Telefoto kamera: 12 MP, f/1.9, 50mm, 1/2.93“, 1.22µm, Qo‘sh piksel PDAF, 2x optik zum, gimbal OIS; Telefoto kamera: 8 MP, f/3.4, 1/4.4“, 1.0µm, PDAF, OIS, 5x optik zum. 

> Selfi kamera: 32 MP, f/2.5, 26mm (keng), 1/2.8“, 0.8µm. 

> Video yozuv: Asosiy kamera: 8K, 4K@30/60 kadr/sek, 1080p@30/60 kadr/sek, gyro-EIS; Selfi kamera: 4K@30 kadr/sek, 1080p@30 kadr/sek. 

> Akkumulyator: 4,700 mAs; 80 vatt tezkor quvvatlash texnologiyasi, 100% - 38 daqiqada (reklamaga ko‘ra), 50 vatt simsiz quvvatlanish imkoniyati, 100% - 50 daqiqada (reklamaga ko‘ra), o‘zidan quvvat berish imkoniyati. 

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (ekran ostida, ultra tovushli); NFC; infraqizil port. 

Qadoq tarkibi 

X80 Pro avvalgi premium vivo smartfonlar kabi an’anaviy qalin teksturali kartondan yasalgan katta kvadrat qutida keladi. Quti kulrang-ko‘kish rangda bo‘lib, uning qalinligi avvalgi modellarning qutisiga qaraganda biroz qisqargan. 

Foto: GSMArena 

Quti ichida smartfon bilan birga 80 vattlik quvvatlash adapteri, USB-C kabeli, sun’iy charmdan yasalgan g‘ilof va quloqchin bo‘ladi. vivo o‘z xaridorlarini kerakli aksessuarlar bilan ta’minlab kelmoqda. Boshqa kompaniyalar, xususan, Apple va Samsung allaqachon quloqchin va quvvlash adapterini smartfonlar qutisidan olib tashlagan. 

O‘QING: Samsung Galaxy A33 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!