Windows 11 operatsion tizimiga yangi funksiyalar va reklamalar qo'shilmoqda – bilishingiz kerak bo'lgan barchasi!

Windows 11 operatsion tizimiga yangi funksiyalar va reklamalar qo'shilmoqda – bilishingiz kerak bo'lgan barchasi!

Microsoft kompaniyasi o'zining Windows 11 operatsion tizimi uchun bir qancha yangi funksiyalar bilan birga reklamalarni ham sinovdan o'tkazmoqda. O'zgarishlar operatsion tizimning insayderlar uchun maxsus 23435 (Dev Channel) versiya bilan e'lon qilingan.

File Explorer'da galareya

Windows 11 Insider Preview Build 23435 (Dev Channel) versiyasidagi eng e'tiborli o'zgarishlardan biri bu File Explorer'ga Gallery, ya'ni "galareya" ko'rinishining qo'shilishidir. Mazkur yangi funksiya sizga File Explorer'da suratlaringizni osonroq ko'rish imkonini beradi.

File Explorer'da suratlar galareyasi. Foto: Microsoft

Galareyada siz kompyuteringizdagi barcha suratlarni bir joyda ko'rishingiz mumkin, garchi ular turli papkalarda joylashgan bo'lsa ham. Shuningdek, siz qaysi papkalardagi suratlar ko'rsatilishini, qaysilaridagisi esa ko'rsatilmasligi kerakligini sozlay olasiz. Ma'lum bo'lishicha, agar siz OneDrive Camera Roll Backup (suratlaringizni OneDrive'ga yuklash) funksiyasini smartfoningizda yoqib qo'ygan bo'lsangiz va Windows 11 kompyuteringizda ham o'sha OneDrive akkauntingizdan foydalansangiz, siz telefoningizda yaqinda olgan suratlar ham kompyuteringizdagi galareyaning eng yuqorisida avtomatik tarzda paydo bo'ladi.

Fayllarni tanlashda galareyadan foydalanish. Foto: Microsoft

Qolaversa, galareyadan biron-bir platformaga (Paint, PowerPoint yoki boshqalar) surat kiritish uchun ularni tanlash vaqtida foydalanishingiz mumkin.

Start (Pusk) menyusida reklamalar

Microsoft o'zining boshqa xizmatlarini reklamalarini Windows 11 ga "tiqishtirish"da davom etadi – Windows 11 Insider Preview Build 23435 (Dev Channel) versiyasida operatsion tizimdan lokal akkaunt bilan foydalanayotganlar Start (Pusk) menyusida Microsoft akkaunt (MSA) "reklama"larini ko'rishlari mumkin.

Reklamalar Microsoft akkauntiga kirish afzalliklarini haqida ma'lumot beradi. Foto: Microsoft

 

Kompaniya ushbu o'zgarishlar normal ekanligini va ular foydalanuvchilar fikr-mulohazalarini bilish uchun sinovdan o'tkazilayotganini ta'kidlaydi yoxud reklamalar barqaror versiyagacha yetib bormasligi va bekor qilishi ham mumkin.

Presence sensing funksiyasi

Windows 11 Insider Preview Build 23435 (Dev Channel) bilan Microsoft yangi "Presence sensing" (o'zbekchada - "mavjudlik, borlikni sezish") nomli yangi funksiyani taqdim qildi. U sizni kompyuter oldidamisiz yoki uzoqroqda, aniqlaydi va kompyuter yonida bo'lmasangiz uni avtomatik ravishda qulflaydi.

Funksiyani Settings > Privacy & Security > Presence sensing orqali boshqarishingiz mumkin. Foto: Microsoft

Albatta, ushbu funksiya faqat uni qo'llab-quvvatlaydigan sensorlar bilan ta'minlangan qurilmalarda (hozirgi ko'plab noutbuklarda bu narsa bor) ishlaydi xolos.

Ilova ishlab chiquvchilari ham Microsoft'ning ushbu funksiyasidan, aniqrog'i uning API'dan o'z ilovalariga "mavjudlik haqidagi ma'lumot"ni o'qishni so'rashlari mumkin bo'ladi. Bu esa siz uzoqroqdalingingizda ilovalarga o'z-o'zini qulflash imkonini beradi. Buning uchun siz ilovalarga "mavjudlikni sezish"ga kirish uchun Sozlamalar menyusidan ruxsat bergan bo'lishingiz kerak.

Ushbu o'zgarishlar bir necha oylik bosqichma-bosqich sinovlardan so'ng barqaror Windows 11 versiyasi ko'rinishida barchaga tarqatiladi.