Xiaomi 13 Ultra ilk marta rasmiy renderlarda ko'rsatildi

Xiaomi 13 Ultra ilk marta rasmiy renderlarda ko'rsatildi

Bir necha oylik mish-mishlardan so'ng, vanihoyat, Xiaomi 13 Ultra'ning tashqi ko'rinishi, dizayni rasman oshkor qilindi. Xiaomi'ning rasmiy Weibo sahifasida ulashilgan suratlarda siz smartfonning oq rangli variantdagisini ko'rishingiz mumkin.

Bir qarashda Xiaomi 13 Ultra o'tgan yilgi Xiaomi 12S Ultra'ni eslatib yuboradi yoxud yumaloq kamera oroli dizayni yangi Ultra uchun ham saqlab qolingan. Renderlarda smartfonning ichidagi to'rtta kamera sensorlari ham yaqqol ko'rinib turibdi.

Shuningdek, smartfon orqa tomoni bu safar ham nanoteri bilan qoplangan va ehtimol shu sabab ham u hozirgi boshqa flagmanlardan sezilarli darajada qalin ko'rinadi.

Dizayn borasida o'zgarishlar yo'q emas: suratlarda smartfon yuqori va pastki tomonlari sezilarli darajada qayrilganligini bilinib turadi. Qolaversa, yumaloq kamera oroli qalinligidan tashqari yana smartfonning orqa yuqori qismi ham biroz ko'tarilgan.

Kamera oroli markazida siz Leica, Vario-Summicron va ayrim kamera sensori haqidagi yozuvlarini ham ko'rishingiz mumkin.

Xiaomi 13 Ultra rasman global bozorga 18-aprel kuni taqdim qilinishi kutilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.