Xiaomi 13 Ultra rasman shu oy global bozorga taqdim qilinadi!

Xiaomi 13 Ultra rasman shu oy global bozorga taqdim qilinadi!

Xiaomi 12S Ultra o'tgan yili taqdim qilinganida u bozordagi eng yaxshi kameraga ega flagmanlardan bo'lgan edi, lekin kompaniya uni faqat Xitoy uchun eksklyuziv qilgan edi. O'shanda, kompaniya rahbari Ley Jun "navbatdagi Ultra" global bozorga chiqarilishini ma'lum qilgan edi. Ehtimol, o'sha kunlarga yaqin qoldi – Xiaomi'ning anchadan beri mish-mish qilib kelinayotgan 13 Ultra smartfoni rasman shu oyda taqdim qilinadi.

Xiaomi va Leica kompaniyalari o'zlarining rasmiy Weibo sahifalarida Xiaomi 13 Ultra'ni ishlab chiqarishda hamkorlik qilayotganliklarini va bo'lajak smartfon shu oy chiqarilishini rasman tasdiqlashdi. Ma'lum bo'lishicha, Xiaomi 13 Ultra smartfoni yangi Summicron linzasi bilan dunyodagi ilk noyob va o'ziga xos kamera tizimiga ega bo'ladi.

Foto: Xiaomi (Weibo)

"Bizning fikrimizcha, mukammal linza katta diafragma, ixcham o'lcham va butun fokus uzunligi oralig'ida yuqori tasvirlash qobiliyatiga ega bo'lishi kerak. Xiaomi 13 Ultra bu muvaffaqiyatga erishdi", – deyiladi Leica xabarida.

Xiaomi ham ushbu xabarni tasdiqlar ekan, demak yaqin kunlarda Xiaomi 13 Ultra tizerlari boshlanishi aniq. 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.