Xiaomi 13 Ultra uchun ko'proq pul yig'ib qo'yavering: smartfon arzon bo'lmaydi!

Xiaomi 13 Ultra uchun ko'proq pul yig'ib qo'yavering: smartfon arzon bo'lmaydi!

Yaqinda Xiaomi kompaniyasi Leica bilan hamkorlikda o'zining Xiaomi 13 Ultra smartfonini rasman shu oy taqdim qilishini e'lon qildi. Kompaniya hali yangi smartfonning tizer qilishni boshlaganicha yo'q, lekin Internetda uning ehtimoliy taqdimot sanasi va narxlari haqidagi ma'lumotlar paydo bo'ldi.

Xitoyning onlayn riteyler do'konining bosh sahifasida Xiaomi kompaniyasining yangi tadbiri vaqti paydo bo'ldi. Unga ko'ra, kompaniya 18-aprel kuni mahalliy vaqt bilan 19:00 da tadbir o'tkazishni rejalashtirigan.

Garchi unda Xiaomi 13 Ultra nomi keltirilmagan bo'lsa ham, Leica va Xiaomi smartfon shu oy taqdim qilinishini rasman tasdiqlashgan edi. 18-aprel esa aynan shu oyda.

Ta'kidlash joizki, bu Xiaomi 13 Ultra'ning faqat Xitoy bozori uchun taqdimoti bo'ladi. Albatta, smartfon kompaniya rahbari tasdiqlaganidek global bozorga ham chiqariladi.

Xiaomi 13 Ultra'ning hali texnik xususiyatlari oshkor bo'lganicha yo'q, lekin uning narxlariga ko'ra qurilma bu borada kuchli bo'ladigan ko'rinadi. Ha, Weibo ijtimoiy tarmog'ida bo'lajak Xiaomi kamerafonining narxlari tarqalib ketdi va ular quyidagicha:

  • 8+256 GB – 6299 yuan; ≈915 dollar
  • 12+256 GB – 6799 yuan; ≈988 dollar
  • 16+512 GB – 7499 yuan; ≈1089 dollar

Aprel oyining uchdan biri allaqachon o'z nihoyasiga yetdi va agar mish-mishlar to'g'ri bo'lsa Xiaomi 13 Ultra'ning taqdim qilinishiga atigi bir hafta qoldi. Ehtimol, Xiaomi tez orada smartfon tizerlarini ulashishni boshlaydi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!