Xiaomi Mi Note 10 (yoki CC9 Pro) smartfonining kamera xususiyatlariga tavsif berildi

Xiaomi Mi Note 10 (yoki CC9 Pro) smartfonining kamera xususiyatlariga tavsif berildi

Xiaomi Mi Note 10 (yoki CC9 Pro) smartfonining taqdimotiga ham qisqa fursatlar qolmoqda, kompaniya esa smartfon haqida ma’lumotlarni ulashishda davom etyapti.

Bu gal qanday ma’lumotlar ulashildi?Bu gal kompaniya qurilma kameralarining o‘ziga xos xususiyatlarini e’lon qildi. Ilgari taxmin qilinganidek, smartfonda Xiaomi Mi Mix Alpha kontsepsiyadagi kabi Samsung'ning 108 megapikselli ISOCELL Bright HMX linzasi asosiy modul qilib olingan.

Bundan tashqari, qurilma 5 megapikselli super OmniVision OV08A10, 5x optik va 50x raqamli zum, 20MP ultra keng burchakli Sony IMX350, portretlar uchun Samsung'ning S5K2L7 12 megapikselli linzasi va makro suratlar uchun 2 megapikselli kamera bilan ta’minlanadi. Asosiy modul va qurilma linzalari optik tasvir stabilizatsiyasini ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Xiaomi Mi Note 10 (yoki CC9 Pro), shuningdek, tomchi kamerali AMOLED displey, Snapdragon 730G o‘yin protsessori va 30 vatt tezkor zaryadlanadigan 5200 mA/soatli akkumulyator bilan jihozlanadi. Gadjet 5 noyabr kuni Xitoyda namoyish etiladi, smartfonning global taqdimoti esa bir hafta o‘tib — 14-noyabr kuni Polshada bo‘lib o‘tadi.

Husan Qodirov tayyorladi.

O‘QING: Geekbench listingi Xiaomi Mi Note 10 va Mi CC9 Pro'lar aslida bitta smartfon ekanligini tasdiqladi