Xiaomi narxi 285 dollardan oshuvchi barcha 4G-smartfonlarini yo‘q qilmoqchi!

  •   DiMaX
  •  2151
  •  14.03.2020 17:46

Xiaomi narxi 285 dollardan oshuvchi barcha 4G-smartfonlarini yo‘q qilmoqchi!

Bir yilda 500 foizga o‘sgan rekordchi brend 4G-smartfonlardan voz kechishini joriy yilning boshida birinchi bo‘lib e’lon qilgan edi. Endi uning asosiy raqobatchisi bo‘lgan Xiaomi ham shunga o‘xshash masala bo‘yicha bayonot berdi.

O‘QING: Xiaomi’ning ushbu smartfoniga kelgan yangilanish uni «g‘isht»ga aylantirdi

«Xitoycha Apple» sal boshqacharoq yo‘l tutdi: uning assortimentida endi narxi 285 dollardan oshuvchi, beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlamaydigan birorta smartfon bo‘lmaydi. Bu haqda Xiaomi Group China bosh direktori Lu Veybing (Lu Weibing) so‘z yuritgan.

Uning ta’kidlashicha, 5G tarmog‘ining rivojlanishi keskin tus olmoqda va uni to‘xtatib bo‘lmaydi. Shunday ekan, zamon bilan hamnafas holda, kompaniya endi 2000 yuan (285 AQSh dollari)dan yuqori narxda faqat 5G-smartfon chiqaradi. Xiaomi’ning shu narxdan qimmat bo‘lgan 4G-smartfonlari esa sotuvdan olinadi. Kim biladi, balki ularning narxlari pasaytirilar; lekin buning ehtimoli kamroq. Har holda, kompaniya endi beshinchi avlod uyali aloqa standartini qo‘llamaydigan yangi smartfonlarini shundan qimmat chiqarmasligi aniq.

Chatoq joyi shundaki, 285 dollardan qimmat 4G-smartfonlar ro‘yxatida kompaniyaning 108 megapiksellik kameraga ega ilk modeli – Xiaomi Mi CC9 Pro ham bor. Lu Veybing ayni shu kamerofonning do‘konlar kataloglaridan «darhol» olib tashlanishini aytgan. «Qurilmalarni qiynovchi» videobloger Zak Nelson (Zach Nelson) yaqindagina o‘zining JerryRigEverything kanalida uning global versiyasi – Mi Note 10 modelini «Xiaomi’ning eng mustahkam smartfoni», deya maqtagan edi.

O‘QING: MIUI 12 hamda Android 11’gacha yangilanuvchi Xiaomi smartfonlari ikkita ro‘yxatda!