Xitoyda batareyasi “tugamaydigan” smartfon ishlab chiqarildi

Xitoyda batareyasi “tugamaydigan” smartfon ishlab chiqarildi

Xitoy korporatsiyasi Oukitel K10000 nomli smartfon ishlab chiqardi. Ushbu smartfonning akkumulyatori sig‘imi 10 ming mA•soat. Bu 10-15 kungacha smartfon quvvatlanishga ehtiyoj sezmaydi, degani. “Hormas-tolmas” smartfonga oldindan buyurtma berish boshlanib ketdi.

Oukitel K10000ning yana bir xususiyati boshqa telefonni zaryadlay olishidir. Masalan, akkumulyator sig‘imi 1715 A•soat bo‘lgan IPhone 6S smarfonini K10000 osongina “to‘ydirishi” mumkin.

Ta’kidlash kerakki, Oukitel K10000 to‘la quvvat olishi uchun 3,5 soat talab etiladi. Shu bilan birga ayrim kamchiliklari yo‘q emas. 1 GGsli protsessor Android Lollipop 5.1 tizimida ishlaydi. Selfi ishtiyoqmandlariga xush kelmasligi tayin, chunki asosiy kamerasi 8 megapiksel bo‘lgani bilan old kamera 2 megapiksel.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!