«Yandeks»ga qarshi Alisher Usmonov, German Gref va Sergey Chemezov birlashdi

  •   DiMaX
  •  1503
  •  01.11.2019 17:22

«Yandeks»ga qarshi Alisher Usmonov, German Gref va Sergey Chemezov birlashdi

Rossiyaning «Sberbank»i Mail.ru Groupdagi «Gazprombank»ning ulushini sotib oladi, bu haqda ikkala bank kelishuvga erishdi. Mail.ru’ning yana bir hamkori «Rostex» davlat korporatsiyasidir. Bu uchlik rossiyaliklar hayotining barcha jabhalaridagi raqamli texnologiyalarning katta qismiga egalik qilishadi, deb yozadi Sof.uz nashri.

O‘QING: Alisher Usmonov kompaniyasi O‘zbekistondagi yirik uyali aloqa operatorini sotib olyapti!

German Gref, Alisher Usmonov, Sergey Chemezov «MF Technology» kompaniyasi yordamida Mail.ru Group’ning A sinfidagi 100% aksiyalariga egalik qiladi. Bu aksiyalar paketi 58.89% ovozlar soni yoki kompaniyaning 5.23% iqtisodiy ulushi, demakdir (A sinfidagi bitta aksiya 25 ta oddiy aksiyaga to‘g‘ri keladi).

Kuchli uchlik

Uchlikdagi birinchi shaxs – German Gref «Sberbank»ning prezidenti bo‘lib, aynan u bankni Rossiyadagi IT-gigantlardan biriga aylantirdi. Gref mamlakatni raqamli formatga o‘tkazish bo‘yicha o‘tkaziladigan Putinning barcha yig‘ilish va konferensiyalarida asosiy ma’ruzachilardan biridir. Sentyabrda butun mamlakat bo‘ylab «Sberbank» tajribasini yoyish bo‘yicha shaxsan birinchi raqamli minbardan turib buyruq berildi.

Alisher Usmonov – kelib chiqishi O‘zbekistondan bo‘lgan milliarder 2010 yillarda Facebook va boshqa Amerika IT-shirkatlaridagi ulushlaridan katta daromad ko‘rayotgan edi. Biroq Rossiya va G‘arb orasiga sovuqchilik tushgach, Usmonov chet eldagi aktivlarini qaytarib oldi.

Sergey Chemezov boshchiligidagi «Rostex» mamlakat iqtisodiyotini raqamlashtirish bo‘yicha davlat dasturi ijrosini ta’minlaydigan asosiy figuralardan biri. Uning zimmasiga 5G tarmog‘ini o‘rnatishdan tortib sun’iy intellektni yaratishgacha bo‘lgan keng ko‘lamli ishlar tushgan.

O‘QING: Yana ikkita shahrimizda «Yandeks.Taksi» ish boshladi, lekin Toshkent hokimi o‘rinbosari unga qarshi!

Yolg‘iz «Yandeks»

Mail.ru Group, «Sberbank» va «Rostex» alyansiga mamlakatda bittagina kompaniya raqobat qila olishi mumkin: «Yandeks».

Tasodifmi yoki yo‘qmi, lekin Mail.ru va «Sberbank»ning iyul oyidagi strategik sheriklik to‘g‘risidagi kelishuvidan so‘ng, «Yandeks» jiddiy muammolarga duch kela boshladi: deputat Anton Gorelkin internet resurslaridan foydalanishga doir yangi qonun loyihasini taqdim qildi. Noyabr oyida Dumada ko‘rib chiqiladigan qonundan «Yandeks» naq 1.5 mlrd. AQSh dollari miqdorida zarar ko‘rib ulgurdi.

O‘QING: O‘zbekiston hatto Google, Yandeks, AliExpress va Netflix’ga ham soliq solmoqchi!