Yaxshi smartfonlar edi: Galaxy S10 seriyasining davri o'tdi

Yaxshi smartfonlar edi: Galaxy S10 seriyasining davri o'tdi

O'tgan yili Samsung kompaniyasi o'zining Galaxy smartfonlari uchun Android yangilanishlarini yetkazib berishga oid yangi qoidalarni o'rnatdi. Unga ko'ra, kompaniya endi o'z flagmanlarini to'liq 5 yillik xavfsizlik yangilanishlari va to'rt yillik dasturiy ta'minot yangilanishlari bilan ta'minlaydi. Afsuski, ushbu yangi qoida faqat Galaxy S21 seriyasidan boshlab amal qiladi. Undan avvalgi flagmanlar esa bundan mustasno. Xuddi shunday eski qoidalar bo'yicha chiqarilgan Galaxy S10 seriyasidagi smartfonlarning poymoli to'ldi.

Ha, Janubiy Koreya kompaniyasi o'zining eng ommabop flagman smartfonlari Galaxy S10 qatorini joriy yildan boshlab yangilanishlar bilan qo'llab-quvvatlanishni to'xtatmoqda. Ma'lum bo'lishicha, 2019-yilda chiqarilgan Galaxy S10, Galaxy S10+ va Galaxy S10e smartfonlari kompaniyaning so'nggi xavfsizlik yangilanishi jadvalidan tushirib qoldirilgan. Smartfon egalari so'nggi yangilanish sifatida mart oyi xavfsizligini qabul qilib olishgan.

Galaxy A30 (chapda) va Galaxy A50 (o'ngda)

Garchi Galaxy S10 liniyasida chiqarilgan bo'lsa, ham Galaxy S10 5G va Galaxy S10 Lite modellari hozircha choraklik xavfsizlik yangilanishlarini qabul qilib turishadi, chunki ular biroz keyinroq chiqarilgan.

Galaxy S10 seriyasi bilan birga Samsung o'zining Galaxy A seriyasi ilk avlodlaridan bo'lmish, Galaxy A30 va Galaxy A50 modellarini ham qo'llab-quvvatlashni to'xtatmoqda. Ularning ikkalasi ham 2019-yilda Android 9 bilan chiqarilgan edi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.