Yo'lni kesib o'tayotganda telefondan foydalanish jarimaga sabab bo'ladimi?

Yo'lni kesib o'tayotganda telefondan foydalanish jarimaga sabab bo'ladimi?

Ba'zan smartfonlarga shunday "sho'ng'ib" ketamizki, hatto katta yo'lni kesib o'tayotganda ham ulardan foydalanamiz. Biroq, bu to'g'ri emas va yo'l harakati qoidasiga zid bo'lib, bu haqda ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 138-moddasida shunday deyiladi:

Piyodalarning yo‘l harakatini tartibga soluvchi signallarga bo‘ysunmasligi, ularning yo‘lning harakat qismini belgilanmagan joylardan kesib o‘tishi, piyodalar yo‘lning qatnov qismida, shu jumladan piyodalar o‘tish joyida harakatlanayotganda telefondan foydalanishi, kitoblarni yoki davriy nashrlarni o‘qishi, videomateriallarni tomosha qilishi hamda audiomateriallarni eshitishi, shuningdek e’tiborni chalg‘itadigan boshqa elektron vositalardan foydalanishi, shuningdek moped va velosiped haydovchilarining, ulovli aravani boshqarib boruvchi va yo‘ldan foydalanuvchi boshqa shaxslarning yo‘l harakatini tartibga soluvchi signallarga bo‘ysunmasligi, ustunlik beruvchi, taqiqlovchi yoki ko‘rsatma beruvchi yo‘l belgilari talablariga rioya etmasligi — bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Albatta, bir tomondagi mashinalar piyodalarni o'tkazib yuborish uchun "zebra" oldida to'xtab turishadi, lekin boshqa tomondan mashina burilib keladi. Garchi ular ham avval piyodalarni o'tkazib yuborishi kerak bo'lsada haydovchi yoki sizning bir necha soniyalik e'tiborsizligingiz yomon oqibatlarni keltirib chiqarishi aniq.

O'QING: Smartfonsiz yashash qo‘rquvi yoxud nomofobiya haqida

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!