YouTube kabelli onlayn-televideniyeni ishga tushiradi

YouTube kabelli onlayn-televideniyeni ishga tushiradi

Foydalanuvchilarning ko‘p qismi hozirgacha oddiy kabelli televideniye tomosha qilishga odatlangan. Shuni e’tiborga olgan holda, Google kompaniyasi YouTube xizmatining faoliyati ko‘lamini kengaytirishga qaror qildi. Bloomberg nashri ma’lumotiga ko‘ra, kelasi yilda YouTube internet-televideniye safiga kiradi, deb yozmoqda Kun.Uz

Mish-mishlarga ko‘ra, xizmat YouTube Unplugged degan nom oladi va foydalanuvchilarga internet orqali kabelli televideniye tomosha qilishga imkon beradi. Albatta, tomoshalar bepul emas, shuning uchun xizmatda obunalar bo‘yicha dastur paydo bo‘ladi. Xabarlarga ko‘ra, Google ayni damda NBCUniversal, Viacom, 21 Century Fox, CBS va boshqa yirik kontent provayderlar bilan muzokaralar olib bormoqda.

Nashrning yozishicha, Google YouTube Unplugged loyihasi ustida 2012 yildan beri ish olib bormoqda, biroq raqobatchilar faolligining ortishi tufayli, kompaniya o‘zining hususiy xizmatini tezroq ishga tushirishga qaror qildi. YouTube Unplugged qanday ishlashi – hozircha noma’lum. Shouni Hulu singari talablarga muvofiq tomosha qilish mumkin, yoki Sling TV kabi real vaqt rejimida translyasiya qilinadi.

YouTube Unplugged kabelli televideniyesiga obuna bo‘lish narxi oyiga 35 dollarni tashkil etadi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!