O‘zbekistonda Galaxy Z Flip 5 va Galaxy Z Fold 5 buklmafonlarining rasmiy sotuvlari boshlandi

O‘zbekistonda Galaxy Z Flip 5 va Galaxy Z Fold 5 buklmafonlarining rasmiy sotuvlari boshlandi

O‘tgan oy oxirida Samsung kompaniyasi o‘zining yildagi eng katta tadbirlaridan birini o‘tkazib, unda Flip va Fold buklanadigan smartfonlarining yangi avlodini namoyish qilgan edi. Taqdimotdan bir oy o‘tgach ushbu yangi buklamafonlarning endi O‘zbekistonda ham rasmiy sotuvlari boshlanganligi e’lon qilindi.

Galaxy Z Flip 5

Samsung raqobatchilari joriy yil o‘zlarining vertikal buklanadigan smartfonlari sezilarli darajada katta orqa displeylar bilan taqdim qilishdi. Janubiy Koreya kompaniyasi ham trenddan qolmasligi aniq edi – Galaxy Z Flip 5 kompaniyaning javobi bo‘ldi.

Foto: Samsung

Garchi uning orqa displeyi Moto Razr+'niki kabi orqa tomonining bir qismini to‘liq egallamagan bo‘lsa ham, u o‘tgan yilgi Flip'nikidan ancha katta: 3.4 dyuym va endi u ham ilovalarni to‘liq ishga tushirishni qo‘llab-quvvatlaydi. Kutilganidek, Flip 5'ning orqa ekrani kompyuter papkasi ikonkasini eslatib yuboradi va ushbu ekran dizayni orqa kameralar joylashuviga ham ta’sir qilgan, ya’ni endi ular gorizontal joylashgan. 

Sezilarli o‘zgarishlarning yana biri yangi oshiq-moshiq dizayni bo‘lib, bu endi Galaxy Z Flip 5 ham bo‘shliqlarsiz to‘liq buklanishiga imkon beradi. Buklamafonning texnik xususiyatlari va narxlari bilan quyida tanishishingiz mumkin:

Galaxy Z Flip 5
O‘lchamlari

Buklanmaganida: 165.1×71.9×6.9 mm
Buklangan holatida: 85.1×71.9×15.1 mm

Og‘irligi 187 gramm
Ekran o‘lchamlari

Ichki asosiy ekran: 6.7 dyuym
Tashqi ekran: 3.4 dyuym

Ichki asosiy ekran xususiyatlari

Turi: Dynamic AMOLED 2X
Yangilanish tezligi: 120 gers
Maksimal yorqinligi: 1750 nit
Rezolyusiyasi: 1080×2640 (FHD+)

Tashqi ekran xususiyatlari

Turi: Super AMOLED
Rezolyusiyasi: 720×748

Orqa kameralari:

Asosiysi: 12 MP (f/1.8), OIS
Ultra-keng: 12 MP (f/2.2), 123˚

Selfi kamerasi:  10 MP (f/2.2)
Qurilma chidamliligi:

IPX8 (1.5 metrgacha chuqurlikdagi suvda 30 daqiqagacha chidamli)
Zirhli alyuminiy ramka
Ekranlar Gorilla Glass Victus 2 bilan himoyalangan
Orqasi shisha

Chipset

Snapdragon 8 Gen 2 ("Galaxy uchun" versiyasi)

Operativ xotirasi

8 GB

Doimiy xotirasi

256/512 GB (UFS 4.0)
Micro SD karta uchun joy mavjud emas

Operatsion tizimi

One UI 5.1.1 (Android 13)

Batareya & Quvvatlanish

3700 mA/s
25 Vt simli zaryadlanish (30 daqiqada 50%)
15 Vt simsiz zaryadlanish
4.5 Vt tezlikda boshqa qurilmalarga quvvat berish

Ulanish & Aloqa

5G (SIM-karta & eSIM)
Wi-Fi 6e
Bluetooth 5.3
NFC
USB Type-C 3.2
Infraqizil nur uzatish xususiyati mavjud emas
Radio xususiyati mavjud emas
Naushnik uchun 3.5 mm uya mavjud emas

Barmoq izi skaneri 

bor, yon tomonida

Narxi

Xotira konfiguratsiyasi: 8/256 GB (yalpiz rang, kulrang, pushti, qaymoqrang) 

12 999 000 so‘m (radius.uz do‘konida)

Xotira konfiguratsiyasi: 8/512 GB (yalpiz rang, pushti, qaymoqrang) 

13 999 000 so‘m (radius.uz do‘konida)

Qutida: smartfon, kabel, SIM-karta slotini chiqarish uchun igna va qo‘llanma

Galaxy Z Fold 5

Galaxy Z Fold 5 deyarli o‘zgarmagan, lekin u ham kichik bo‘lsada yaxshilanishlarga ega. Sezilarli o‘zgarishlardan biri bu yangilangan oshiq-moshiq dizayni yoxud Fold 5 ham xuddi Flip 5 kabi to‘liq buklanadi va ichki ekranlar orasida bo‘sh joy qolmaydi.

Foto: Samsung

Bu bilan qurilma 13.4 mm qalinklikda o‘tgan yilgisiga nisbatan (14.2 mm) ingichkalashgan. Bundan tashqari mitti o‘zgarish haqida ham aytib o‘tishimiz mumkin: kameralarga yordamchi LED chirog‘i endi ularning ostida emas, yoniga ko‘chirilgan, xuddi Galaxy S23 smartfonlarida bo‘lgani kabi. 

Galaxy Z Fold 5 texnik xususiyatlari va narxi quyidagicha:

Galaxy Z Fold 5
O‘lchamlari

Buklanmaganida: 154.9×129.9×6.1 mm
Buklangan holatida: 154.9×67.1×13.4 mm

Og‘irligi 253 gramm
Ekran o‘lchamlari

Ichki asosiy ekran: 7.6 dyuym
Tashqi ekran: 6.2 dyuym

Ichki asosiy ekran xususiyatlari

Turi: Dynamic AMOLED 2X
Yangilanish tezligi: 120 gers
Maksimal yorqinligi: 1750 nit
Rezolyusiyasi: 1812×2176  (FHD+)

Tashqi ekran xususiyatlari

Turi: Dynamic AMOLED 2X
Rezolyusiyasi: 904×2316

Orqa kameralari:

Asosiysi: 50 MP (f/1.8), OIS
Telefoto: 10 MP (f/2.4), 3× optik zum
Ultra-keng: 12 MP (f/2.2), 123˚

Ekran ostida joylashgan ichki selfi kamera 4 MP (f/1.8)
Tashqi ekranda joylashgan selfi kamera 10 MP (f/2.2)
Qurilma chidamliligi:

IPX8 (1.5 metrgacha chuqurlikdagi suvda 30 daqiqagacha chidamli)
Zirhli alyuminiy ramka
Ekranlar Gorilla Glass Victus 2 bilan himoyalangan
Orqasi shisha

Chipset

Snapdragon 8 Gen 2 ("Galaxy uchun" versiyasi)

Operativ xotirasi

12 GB

Doimiy xotirasi

256/512 GB, 1 TB (UFS 4.0)
Micro SD karta uchun joy mavjud emas

Operativ xotirasi

One UI 5.1.1 (Android 13)

Batareya & Quvvatlanish

4400 mA/s
25 Vt simli zaryadlanish (30 daqiqada 50%)
15 Vt simsiz zaryadlanish
4.5 Vt tezlikda boshqa qurilmalarga quvvat berish

Ulanish & Aloqa

5G (SIM-karta & eSIM)
Wi-Fi 6e
Bluetooth 5.3
NFC
USB Type-C 3.2
Infraqizil nur uzatish xususiyati mavjud emas
Radio xususiyati mavjud emas
Naushnik uchun 3.5 mm uya mavjud emas

Qo‘shimcha xususiyatlari

barmo izi skaneri (yon tomonida)
Stilus, Samsung DeX, Ultra Wideband qo‘llab-quvvatlanishi

Narxi

Xotira konfiguratsiyasi: 12/256 GB (havorang, qaymoqrang) 

20 999 000 so‘m (radius.uz do‘konida)

Xotira konfiguratsiyasi: 12/512 GB (havorang, qora, qaymoqrang)

22 999 000 so‘m (radius.uz do‘konida)

Xotira konfiguratsiyasi: 12 GB/1 TB (havorang, qora, qaymoqrang)

24 999 000 so‘m (radius.uz do‘konida)

Qutida: smartfon, kabel, SIM-karta slotini chiqarish uchun igna va qo‘llanma
Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.