Bu yilgi Galaxy A34 va Galaxy A54 bestseller bo'lmaydimi?

Bu yilgi Galaxy A34 va Galaxy A54 bestseller bo'lmaydimi?

Samsung muxlislari anchadan beri Galaxy A34 va Galaxy A54 smartfonlarini kutishmoqda. Mish-mishlarga ko'ra, bo'lajak qurilmalar bir qancha yangi va yaxshilangan texnik xususiyatlarga ega bo'lishadi, lekin shu bilan birga ularning narxi ham oshishi mumkin.

Snoopy Tech taxallusi bilan tanilgan insayder bergan ma'lumotlarga ko'ra, Yevropa bozorida Galaxy A34 va Galaxy A54 smartfonlari quyidagicha narxda sotuvga chiqarilishi mumkin:

  • Galaxy A34 5G (6GB/128GB): €399
  • Galaxy A34 5G (8GB/256GB): €479
  • Galaxy A54 5G (8GB/128GB): €499
  • Galaxy A54 5G (8GB/256GB): €549

Ta'kidlash joizki, bu o'tgan yilgi 6/128 GB xotirali Galaxy A33 (370 yevro) va Galaxy A53 (450 yevro) dan biroz qimmatroq. Ma'lum bo'lishicha, ushbu narxlar Yevropa uchun eng past bo'lishi mumkin bo'lgan narxlar hisoblanadi, ya'ni bundan qimmatini kutsangiz kuting-u, arzonini emas.

Narxlar oshishi, ehtimol, byudjet smartfonlar olami – Hindiston uchun ham amal qiladi. Twitter'da yana bir ma'lumotchi tomonidan ulashilgan xabarga ko'ra, Galaxy A34 modeli 30 ming rupiyadan, Galaxy A54 esa 40 ming rupiyadan biroz kam bo'lishi aytilmoqda. Taqqoslash uchun, o'tgan yili A53 va A33 Hindistonda 35 000 va 26 000 rupiyada sotuvga chiqarilgan edi (6/128 GB).

Uzunquloq xabarlarga ko'ra, Galaxy A34 va Galaxy A54 kelayotgan 15-mart yoki 16-mart sanasida taqdim qilinishi kutilmoqda. Ushbu kunlar kelishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Biroq, biz hali Samsung'dan hech qanday rasmiy tizer yoki taklifnomalar olmadik.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!