Butun O'zbekiston bo'ylab 5G texnologiyasi joriy qilinadi!

Butun O'zbekiston bo'ylab 5G texnologiyasi joriy qilinadi!

Joriy yil mart oyidan boshlab mobil Internet tezligi oshiriladi va butun mamlakat bo‘ylab 5G texnologiyasi joriy etiladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda «O‘zbektelekom» AK axborot xizmati rahbari Temur Mamajonov ma’lum qildi:

"Aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash maqsadida “O‘zbektelekom” AK tomonidan tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, 2023-yilning mart oyidan boshlab mobil Internet tezligini oshirish va butun mamlakat bo‘ylab 5G texnologiyasini joriy etish loyihasini amalga oshirish ishlari boshlandi. Loyiha doirasida mavjud tayanch stansiyalari modernizasiya qilinib, yangilari o‘rnatiladi"

Jumladan, butun mamlakat bo‘ylab 3 000 dan ortiq mavjud tayanch stansiyalarini eng so‘nggi texnologiyalar bo‘yicha yangilash, shuningdek, 2 000 dan ortiq yangi tayanch stansiyalarini qurish va ishga tushirish maqsad qilingan. Bu O‘zbekiston bo‘ylab mobil aloqa sifatini yaxshilash, LTE standartidagi mobil internet tezligi hamda uning qamrovini oshirish imkonini beradi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!