Realme 10 Pro+ smartfoni O'zbekistonga kelmoqda!

Realme 10 Pro+ smartfoni O'zbekistonga kelmoqda!

Realme'ning O'zbekistondagi bo'limi o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida Realme 10 Pro+ smartonini tizer qilishni boshladi. Ma'lum bo'lishicha, kompaniyaning flagman smartfoni tez kunda mamlakatimiz hududida sotuvga chiqariladi.

Realme 10 Pro+ smartfoni ilk marotaba o'tgan yilning noyabr oyi oxirida Xitoyda taqdim qilingan edi. Ushbu model kompaniyaning yon tomonlari egilgan ekranga ega birinchi smartfoni hisoblanadi. Shuningdek, ekranni o'rab turadigan ramkalar ham sezilarli darajada ingichka: smartfonning pastki jag'i qalinligi atigi 2.33 mm bo'lib, bu Galaxy S22 Ultra'da 2.6 millimetrni tashkil qiladi.

Texnik xususiyatlarga keladigan bo'lsak, qurilma 6.7 dyuymdagi 120 gerts yangilanish tezligiga ega bo'lgan FHD+ ekranga ega. Ekran yuqori markazidan o'rin olgan selfi kamera 16MP. Orqa tomondagi ikki yumaloq kamera orollarining biri 108 megapikselli asosiy, ikkinchisi esa ikkita: 8 MP ultra-keng va 2 MP makro kameralarni o'z ichiga oladi. Kapot ostida qurilma Dimensity 1080 chipseti, 8/12 GB RAM, 128/256 GB xotira va 5000 mA/soat batareyaga ega. Smartfon Android 13 ga asoslangan Realme UI 4.0 da ishlaydi va u 5G.

Realme 10 Pro+ smartfonining O'zbekiston uchun narxi hozircha noma'lum, ammo joybox.uz veb-saytida uning 12/256 GB xotira variantlisi 5,235,000 so'm narxda keltirilgan. Ta'kidlash joizki, smartfonning xuddi shunday xotira konfiguratsiyasiga ega Xitoydagi varianti 2299 yuan yoxud ≈3,770,000 so'm narxda taqdim qilingan.

Afsuski, Realme Uzbekistan yangi smartfon sotuvlari qachon boshlanishini ma'lum qilganicha yo'q. Qolaversa, kompaniya hozircha faqat Realme 10 Pro+ modelinigina tizer qilmoqda. Uning ukasi, Realme 10 Pro modelidan esa hozircha darak yo'q.