realme GT Master Edition seriyasi taqdim qilindi

realme GT Master Edition seriyasi taqdim qilindi

realme kompaniyasi o‘z flagmanlarining Master Edition talqinini chiqarishga odatlangan. Mazkur qurilmalar premium ko‘rinishga ega bo‘lib, ular yordamida brend turli material va umumiy premium dizaynni namoyish qiladi.

O‘QING: realme GT 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Yapon sanoat dizayneri Naoto Fukusava realme GT Master Edition va GT Master Exploration Edition flagmanlari dizayni yaratuvchisi hisoblanadi.

Ikki yangi qurilma dizayniga ilhom chiziqili naqshlarga ega, silliq teridan ishlangan jomadonlardan olingan. Smartfonlarning, shuningdek, an’anaviy muzlatilgan shisha panelli versiyalari ham mavjud.

GT Master Exploration Edition modeli 6,55 dyuym diagonalli Super AMOLED qayrilma ekran, 120Hz yangilanish chastotasi va FHD+ aniqligiga ega. Master Edition esa 6,43 dyuymli Super AMOLED yassi panel bilan jihozlangan bo‘lib, displeyning yangilanish chastotasi 120Hz'ga teng. Har ikki smartfonda 32MP selfi kamera hamda ekranosti barmoq izi skaneri mavjud.

Orqa panelda esa, ikki model kameralari jamlanmasida biroz farq bor. Exploration Edition 50MPlik Sony IMX766 asosiy sensori va tasvirni optik barqarorlashtirish (OIS) imkoniga ega. Qolgan ikki kamera esa 16MP ultrakeng va 2MP makro kameralardir.

Standart model esa 64MP asosiy, 8MP ultrakeng va 2MP makro kameralar bilan jihozlangan. Chipsetlarda ham tafovut mavjud: Exploration Edition Snapdragon 870'da, standart model esa Snapdragon 778G SoC'da ishlaydi. Tezkor xotira hajmi 8GB va 12GB bo‘lsa, ichki xotira 128GB va 256GB.

Exploration Edition 4,500 mAs akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lsa, Master Edition kichikroq 4,300 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega. Har ikki devays qadoq tarkibiga kiritilgan SuperDart quvvatlagichi bilan 65 vattda zaryad oladi.

realme GT Master Edition kulrang, oq va gradiyent ranglarda mavjud bo‘lib, uning 8GB/128GB talqinini 370 dollarga, 8GB/256GB talqinini 400 dollarga xarid qilish mumkin.

realme GT Master Exploration Edition kulrang va o‘rik ranglarida sotiladi. 8GB/128GBlik versiya 432 dollardan, 12GB/256GB konfiguratsiyali model esa 478 dollardan boshlanadi. Dastlabki sotuvlar 30 iyuldan Xitoyda boshlanishi rejalangan.

O‘QING: realme 8 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!