Samsung smartfonlar uchun mittigina, ammo naq 5 karra optik zumli kamera yaratdi!
Janubiy koreyalik gigant turli texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishidan xabaringiz bor: displeylar, xotira chiplari, kameralar, protsessorlar... Samsung Electro-Mechanics mutaxassislari navbatdagi innovatsion ishlanmani tayyorlab ulgurishdi.
Xabarga ko‘ra, blokning qalinligi atigi 5 millimetr chiqadi; o‘ta yupqaligi bois smartfonsozlikda juda qo‘l keladi. Ya’ni, smartfonga o‘rnatilganida, u umumiy korpusdan bo‘rtib chiqib turmaydi.
Kamera modulining yupqa chiqishini ta’minlash uchun Samsung mutaxassislari bir necha usullarni qo‘llashgan. Jumladan, unda periskop tuzilmasi ishlatilgan, optik elementlarning shakli o‘zgartirilgan.
O‘QING: Umuman akkumulyatorsiz ishlovchi, «sun’iy ong»li mitti kamera taqdim etildi
Bu kamera tasvirning sifatini buzmasdan, naq besh karra yaqinlashtirib suratga olishga qodir:
Aftidan, kompaniya ushbu kamera modulini o‘zining navbatdagi flagman smartfonlarida ishlatadi. Ehtimol, uni shu yilning avgusti yoki sentyabrida taqdim etilishi kutilayotgan Galaxy Note 10 fabletiga o‘rnatar.
O‘QING: O‘zbekistonda ilk bor: Surxondaryoda YPX xodimlari bodi-kamera bilan ishlay boshladi