AQSh afsonaviy quroliga qaytadan jon bag‘ishladi

  •   Saroy
  •  2194
  •  03.08.2018 16:22

AQSh afsonaviy quroliga qaytadan jon bag‘ishladi

Mashhur ko‘zga ko‘rinmas F-117 samolyoti yana havoga ko‘tarildi. Bu ehtimol, AQSh armiyasi uchun yangi stels-qiruvchisini yaratish rejasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

F-117 «Nighthawk» aviatsiya tarixida haqiqiy ma’noda olg‘a siljish bo‘lgandi. Ko‘zga ko‘rinmas qobiliyati past darajada bo‘lishiga hamda parvoz ko‘rsatkichlari kutilganidek bo‘lib chiqmaganiga qaramay “Tungi lochin”  o‘zini to‘liq oqladi. Parvoz tarixi davomida  F-117 ni atigi bir marta Yugoslaviyada urib tushirishgandi.

O‘QING:World of Tanks qanday dunyoga keladi? Kompaniya ofisiga sayohat

Samolyotni ishlab chiqarish 1990 yilda to‘xtatilgan edi, so‘nggi 4 ta «ko‘zga ko‘rinmas» 2008 yilda jangovar safdan olindi. Ushbu to‘rtlikni Nevada shtatidagi Tonopa aviabazasiga jo‘natishdi. Mana nihoyat, oradan 10 yil o‘tib F-117 yana qaytadan havoga ko‘tarildi.

Samolyot biror bir urush uchog‘iga jo‘natilayotgani yo‘q, albatta.  Axir, konstruksiyasiga ham 40 yil to‘ldi va u zamonaviy urush talablariga javob berishi mushkul. Ammo  F-117  Pentagon e’tiborini muzey eksponati sifatida ham qiziqtirayotgani yo‘q, balki uning parvozi stels-bombordimonchi  B-21 Raider’ni yaratish uchun foydali ma’lumotlarni berishi mumkin. Ayni paytda Northrop Grumman firmasi ushbu loyiha ustida ish olib bormoqda.

O‘QING:Hindistonlik olim bir o‘rindiqli shaxsiy vertolyot yaratdi

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!