Telegram Desktop’ning yangilangan 1.2.10 Alfa-versiyasida qanday o‘zgarishlar bor?
Ushbu ommabop messenjerning kompyuterlarda foydalanish uchun chiqarilgan Telegram Desktop kliyentining Alfa-talqini shu kunlarda ketma-ket ikkita yangilanishga ega bo‘ldi. 7 mart kuni mazkur dastur 1.2.9 talqinigacha yangilangan bo‘lsa, bu versiyadagi ayrim nuqsonlarni bartaraf etish uchun, ikki kun ham o‘tmay turib 1.2.10 talqini taqdim etildi.
O‘QING: Telegram va Skype’da bepul PROMT tarjimoni ishga tushdi!
Ushbu ikkita yangilanish bilan Telegram Desktop foydalanuvchilariga quyidagi imkoniyatlar taqdim etilgan:
- Xabarga tezkor javob berish mumkin: buning uchun xabarning o‘ziga yoki uning yoniga sichqoncha bilan ikki marta chertish lozim.
- Stiker izlash imkoni bor: o‘zingizda mavjud stikerlar to‘plamiga kirish yoki yangilarini hamda GIF-animatsiyalarni izlash uchun, yangi qo‘shilgan tugmachani bosasiz.
- Xabar yozayotib, emodzi kiritilsa, unga mos stikerlar taklif etiladi. Bunda nafaqat o‘zingiz o‘rnatgan to‘plamlardagi, balki umuman ommabop paketlardagi stikerlar ham ko‘rsatiladi.
- Oxirgi qo‘llangan stikerlarni ko‘rsatish 20 tagacha kamaytirilgan.
- Endi biror kanalda sizni nikingiz bilan «eslashsa», bu sizga «eslashlar» tarzida ko‘rsatilmaydi, balki yangi xabar tarzida keladi.
- Qo‘ng‘iroqlar uchun mas’ul bo‘lgan libtgvoip kutubxonasi yangilangan.
- Turli nuqsonlar aniqlanib, bartaraf etilgan va kliyentning umumiy ishlashi yaxshilangan.
Yuqoridagi kabi yaxshilashlar bilan taqdim etilgan Telegram Desktop alfa-versiyasini olib o‘rnatish uchun, mana bu havola orqali messenjerning maxsus sahifasiga o‘tishingiz mumkin.
O‘QING: Telegram’da ovozi o‘chirib qo‘yilgan chatlarni yashirish yo‘li ham topildi!