O‘zbekistonda interaktiv kompyuter doskasi dasturi ishlab chiqildi

O‘zbekistonda interaktiv kompyuter doskasi dasturi ishlab chiqildi

Dasturchi Rajabov Farxat Farmanovich oliy, o‘rta maxsus ta’lim va boshqa o‘qitish sohalari uchun mo‘ljallangan interaktiv kompyuter doskasi dasturini yaratdi, deb Uz24.Uz xabar bermoqda.

1463674059_6

Dastur kompyuter yordamida ma’ruza va taqdimot qilish jarayonini oddiy doskada ishlash ko‘rinishiga yaqinlashtirib, yangi o‘qitish texnologiyalari bilan boyitadi.

Dastur quyidagi funksional imkoniyatlarga ega:

  • maxsus chizgich «bo‘r» yordamida ekranli doskaning istalgan joyida qo‘lda yozish;
  • maxsus marker yordamida ekran qismlarini rangli qilib ajratish;
  • ekranda tezda oddiy primitivlarni (chiziq, to‘rtburchak, ellips va h.k.) chizish;
  • maxsus “projektor” va “parda” yordamida ekranning kerakli joyini yoritish yoki keraksiz joylarini yashirish;
  • galereyadan, fan va texnika yo‘nalishidagi rasmlari ishlatib, tezda ko‘rinishlar yaratish;
  • ekran ko‘rinishlarini eslab qolib, kerak vaqtda tezda ketma-ket qayta ko‘rsatish;
  • ma’ruza (taqdimot) jarayonini videofilm shaklida yozib olib, qayta ko‘rsatish.

Muallifga ushbu dastur uchun № DGU 03560 raqamli guvohnoma berildi, deya ma’lum qiladi Intellektual mulk agentligi axborot xizmati.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!