O‘zbekistonda jinoyatchilarni tezkorlik bilan aniqlash imkonini beruvchi kompyuter tizimi ishga tushiriladi

O‘zbekistonda jinoyatchilarni tezkorlik bilan aniqlash imkonini beruvchi kompyuter tizimi ishga tushiriladi

O‘zbekistonda “Xavfsiz shahar” loyihasini amalga oshirish davom etmoqda. Uning doirasida mamlakatda huquqbuzarliklarni nazorat va tahlil qilish bo‘yicha yangi tizimni amalga tatbiq etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.

Yangi tizim nafaqat kameralar yordamida ro‘y bergan jinoyatlarni kuzatish va yozib olish imkonini beradi. Uning asosiy maqsadi – sodir etilayotgan jinoyatlarni avtomatik rejimda tahlil qilib borishdir. Bu jinoyatchi qayerdan kelganini va qayerga ketganini bilib olish imkonini beradi.

“Loyihani amalga oshirish davom etmoqda. Bugungi kunda ishning 60 foizi yakunlanib bo‘ldi. Mutaxassislar bizga qaysi funksiyalar kerakligini hal qilmoqda. Nafaqat kuzatish va yozib olish kerak, balki butun jarayon muhimdir. Masalan – xonadonga o‘g‘irlikka tushishgan bo‘lsa, mutaxassislar bor ma’lumotni olishlari kerak – kim kirdi, qachon kirdi va qayerga ketdi. Dastur barcha harakatlar tahlilini o‘zi bajarishi kerak”, – deya aytib o‘tgan Najimov.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkentda ushbu tizim uchun zamonaviy serverlar xarid qilingan. Bu esa bugungi kunning o‘zidayoq bu ishni amalga oshirish imkonini beradi. “Raqamlarga to‘xtaladigan bo‘lsak: Toshkentda bu ish 12 foizga bajarildi. Samarqandda – 25, Qashqadaryoda – 30 foizga qadar bitirildi. Har kuni uning qamrov doirasida kengayib bormoqda. U taxminan 5 yildan so‘ng butunlay ishga tushiriladi”, – deya aytib o‘tgan u.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!