Xiaomi Mi 10 turkumi ertaroq namoyish etiladi, ular allaqachon do‘konga chiqdi!

  •   DiMaX
  •  1783
  •  03.02.2020 18:24

Xiaomi Mi 10 turkumi ertaroq namoyish etiladi, ular allaqachon do‘konga chiqdi!

Shu kunlarda Xitoyda avjiga chiqqan va boshqa mamlakatlarga ham tarqala boshlagan koronavirus ko‘plab yirik kompaniyalarga ziyon yetkazayotganidan xabaringiz bor. Xiaomi ko‘rgan zarar ayniqsa e’tiborli – u Mi 10 flagmanlarining 10 fevralga belgilangan ommaviy taqdimotini bekor qilishga majbur bo‘ldi.

O‘QING: Xiaomi’ning koronavirusga qarshi tovari tufayli uning o‘z sayti ishdan chiqdi!

Endi an’anaviy – jurnalistlar ishtirokidagi offlayn taqdimot tadbiri o‘rniga Xiaomi bu smartfonlarining onlayn namoyish o‘tkazyapti. Insayderlarning xabar berishlaricha, kompaniya endi buni kutilganidan ham oldin amalga oshirmoqchi.

Xullasi kalom, Xiaomi Mi 10 turkumining taqdimoti bosqichma-bosqich bo‘lib o‘tadi: dastlab 7 fevral kuni kompaniya ushbu flagmanlarining anonsini beradi – suratlari, jihatlari kabilarni rasman e’lon qiladi. Keyinroq – 10 fevralda esa barcha yangi modellarning to‘laqonli onlayn namoyishi o‘tkaziladi. Standart flagman 13 fevraldanoq sotuvga chiqadi, Xiaomi Mi 10 Pro talqini esa sal keyinroq – 18 fevraldan bozor yuzini ko‘radi. Biroq xohlovchilar uni taqdimotdan keyinoq 100 yuan (taxminan 15 AQSh dollari) miqdoridagi depozit puli evaziga band qilib qo‘yishlari mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Xiaomi Mi 10 Pro kamerasida olingan... Xiaomi Mi 10 Pro surati chiqdi!

Buning ortidan shu bugunning o‘zidayoq, yana shu insayder tarqatgan xabarga ko‘ra, eng yirik onlayn do‘konlardan biri – Jingdong Mall ham yuqoridagi ma’lumotni tasdiqlab, Xiaomi Mi 10 smartfonlarini o‘zining JD.com saytiga chiqargan. Faqat unda sanalar ozgina farq qiladi: smartfonlar 14 fevraldan emas, balki 12 fevraldan sotila boshlaydi.

Ishqilib, sanalar bir-ikki kunga farq qilsa-da, Xiaomi Mi 10 namoyishi va sotila boshlashiga ozgina vaqt qoldi; ular baribir Galaxy S20 flagmanlar turkumi sotila boshlashidan oldin bozorga chiqadi.

Ishlab chiqaruvchining avvalroq shama qilganiga qaraganda, Xiaomi Mi 10 hamda Mi 10 Pro narxlari 3500–5000 yuan (499–713 dollar) orasida bo‘lishi kerak. Lekin ularning kushandasi ham allaqachon maydonga tushishga hozirlanib turibdi...

O‘QING: Snapdragon 865 platformasidagi eng arzon smartfon deyarli tayyor

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.