Hech uchramagan muammo: iPhone juda «bezbet» chiqdi!

Eng qizig‘i – mazkur muammoga Apple xodimlari yarim yildan buyon chora topib bera olmayapti. Ayfon egasi oxiri korporatsiya rahbariyatiga yetib borishidan umid qilib, ochiq xat yo‘lladi.

Keyingi iPhone’lar ham, xuddi Galaxy S10 kabi, «ko‘rinmas» old kamerali bo‘ladi!

iPhone’lar uchun kamera ob’yektivlari yetkazib beruvchi Largan Precision kompaniyasi maxsus – ularni ko‘rinmas qiluvchi qora qoplama yaratish ustida ishlamoqda.

Drop-test: Mashhur videobloger iPhone XS’ni sindirishga urinib ko‘rdi. Xo‘sh, natijasi-chi?

Smartfonlar birinchi testda tizza balandligidan, ikkinchisida cho‘ntak balandligidan, uchinchisida esa quloq balandligidan yerga tashlab ko‘rildi. Nelson bunday natijani o‘zi ham kutmaganini e’tirof etdi...

Yetti yashar bolakay iOS 12 tizimli iPhone’ni laqillatdi!

Ota o‘g‘lining ayfonidagi o‘yinga vaqt bo‘yicha cheklov qo‘ygan. Ammo bir necha kun o‘tgach, bolakay smartfonda belgilanganidan ko‘ra ko‘proq vaqt o‘ynay boshlaganini payqagan...

iPhone XS Max yana bir jihatdan rekord o‘rnatdi!

Mutaxassislar iPhone XS Max ekrani boshqa har qanday gadjetnikidan, jumladan – televizorlar, planshetlar, monitorlar va noutbuklarning ekranlaridan ham ancha sifatli, deyishdi.

iPhone XS Max tannarxini hisoblashdi – Apple insofiniyam «qo‘shib yeb yuborgan» ekan!

Ichki xotirasi 256 gigabaytlik iPhone XS Max tannarxi va bozordagi narxi orasidagi farq naq 856 dollarga teng – bu pulga esa boshqa biror kompaniyaning flagman smartfonini olish mumkin, axir!

iPhone Xs Max – eng yangi, tezkor, katta va… qimmat ayfon bilan batafsil tanishamiz!

Hozirgacha chiqqan ayfonlar «qiroli» – iPhone Xs Max bo‘ladi: korpusi va ekrani eng katta o‘lchamli, ishlash bo‘yicha eng tezkor, batareyasi eng sig‘imdor va... narxi ham eng qimmat smartfon!

XUShXABAR: iPhone Xs hamda iPhone Xs Max endi Terashop.uz’da! Shu va boshqa ayfonlar narxlari bilan tanishing! (2018 yil 24 sentyabr)

21 sentyabrda sotuvga chiqarilgan iPhone Xs hamda iPhone Xs Max modellarini allaqachon O‘zbekistonga yetib keldi! Ularning va boshqa ayfonlarning Terashop.uz’dagi narxlari bilan tanishing.

O‘rniga nima keladi: yaqinda smartfonlar ham yo‘qolarmish

Bir kun kelib, albatta tezda emas, lekin siz o‘ylaganingizdan ham ertaroq smartfon o‘ladi — xuddi o‘tmishdagi faksimil apparatlari kabi

EKSKLYuZIV VIDEO: iPhone XS Max va Galaxy Note 9 tezkorligini taqqoslaymiz!

Benchmarklardagi sintetik testlar o‘z yo‘liga, xo‘sh, amalda iPhone XS Max tezkorroqlimi yoki Galaxy Note 9? Videobloger shunga qiziqib, bu ikki flagmanni ishlash tezligi bo‘yicha solishtirib ko‘rsatdi.

Xushxabar: iPhone Xs va iPhone Xs Max ham «Malika»ga yetib keldi, narxlari bilan tanishing! (2018 yil 22 sentyabr)

21 sentyabrda sotuvga chiqarilgan iPhone Xs hamda iPhone Xs Max modellarini uddaburon tadbirkorlarimiz allaqachon olib kelib, savdoga qo‘yishgan. Ularning narxlari bilan tanishing.

EKSKLYuZIV VIDEO: iPhone XS va iPhone XS Max’ning ilk drop-testi!

TechSmartt kanali muallifi iPhone XS va iPhone XS Max’ning mustahkamligini sinab – drop-testdan o‘tkazib ko‘rgan. Sinovlarda mazkur ikki modeldan tashqari iPhone X ham ishtirok etgan.

iPhone XS Max savdosi braklar bilan boshlandi!

Yangi ayfonlar oldindan berilgan buyurtmalar bo‘yicha sotib olgan xaridorlar qo‘liga birinchi bo‘lib yetib bordi. Lekin ularning hammasi ham bundan boshi osmonga yetgudek quvongani yo‘q...

EKSKLYuZIV VIDEO: iPhone XS’ni ochib ko‘rishdi – hammasidan ham akkumulyatori antiqa ekan!

iPhone XS smartfoni kupertinoliklarning bulturgi yubiley superflagmanidan juda kam farq qiladi. Ammo ularning «ichki dunyosi»da ozmi-ko‘pmi farqlari bor ekan...

iPhone, iPad yoki iPod’ga yangi – iOS 12 o‘zi kelmasa, proshivkani yuklab olib yangilash uchun tayyor havolalar bor!

iOS 12 dunyo bo‘ylab asta-sekin tarqatilyapti, lekin kutishni istamagan foydalanuvchilar uchun har bir modelga mos proshivkani to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklab olish havolalarini taqdim etmoqdamiz.

iPhone XS flagmani AnTuTu’da shunchaki mo‘’jiza ko‘rsatdi!

Oldingi yetakchi – Black Shark geymerofoni AnTuTu’da 293 ming ochko olgandi. iPhone XS esa Xiaomi’ning (umuman, jahondagi barcha smartfonlar orasidagi) eng zo‘r smartfonidan salkam 25 foizga ustun kelgan!

Yo chikka, yo pukka: har bir iPhone taqdimoti Apple aksiyalariga qanday ta’sir ko‘rsatgan?

iPhone XS, XS Max va iPhone Xr taqdimotidan so‘ng Apple aksiyalari deyarli bir yarim foizga arzonlab ketdi. Ammo o‘tmishda bundan battari ham bo‘lgan...

«Hamyonbop» iPhone Xr ham namoyish etildi – Face ID yuz skaneriga ega eng arzon ayfon!

Flagman modellardagi kabi, mazkur ayfonga ham 7 nm.lik tex-jarayon asosidagi 8 yadroli Apple A12 Bionic protsessori o‘rnatilgan. Ekranidagi «o‘yiq»da old kamera va TrueDepth tizimi datchiklari mavjud.

Eng ilg‘or protsessor va kuchli kameraga ega iPhone Xs hamda iPhone Xs Max taqdim etildi (+video)

Apple eng ilg‘or ayfonlarini ikki modelda taqdim etdi – iPhone Xs va iPhone Xs Max. Ular so‘nggi avlod protsessori va kuchli kamera bilan ta’minlangan, shuningdek IP68 standartiga ko‘ra suvdan himoyalangan.

Eng ommalashgan iPhone’lar e’lon qilindi. iPhone X kuchli uchlikka ham kira olmadi!

Ekspertlarning fikricha, Apple ishqibozlari iPhone Xs, iPhone Xs Max (iPhone Xs Plus) yoki iPhone 9 (iPhone Xc) modellaridan birini xarid qilishni ko‘zlab, bulturgi ayfonlardan olmay turishibdi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш