740 dollarlik Mi 9 Explorer Edition to‘rt modulli bosh kameraga ega!

  •   DiMaX
  •  1485
  •  14.02.2019 16:58

740 dollarlik Mi 9 Explorer Edition to‘rt modulli bosh kameraga ega!

Xiaomi o‘zining navbatdagi flagmani – Mi 9 smartfonini 20 fevralda taqdim etishini rasman e’lon qildi. Kompaniya bu modelini «jangovar farishta» deya tavsiflagan.

O‘QING: Ishlayotgan holdagi Xiaomi Mi 9’ning ilk sifatli «jonli» suratlari uning texnik jihatlarini oshkor etdi

Insayderlarning ma’lum qilishlaricha, «xitoycha Apple» ushbu flagmanining premial versiyasini ham tayyorlagan va u Xiaomi Mi 9 Explorer Edition nomi bilan taqdim etiladi. U ham xuddi Mi 8 Explorer Edition kabi shaffof orqa panelga ega. Shuningdek, manbalar allaqachon uning taxminiy narxini ham aytishgan – 740 AQSh dollari.

Standart flagmandan yana bir farqi – Xiaomi Mi 9 Explorer Edition modelining asosiy kamerasi naq to‘rtta ob’yektivni o‘z ichiga oladi. Ular orqa panelning yuqori chap burchagida tikkasiga joylashadi. To‘rtinchi modul ToF-kamera yoki oq-qora datchik bo‘lishi ham mumkin.

Bilasizki, o‘tgan yilgi Xiaomi Mi 8 Explorer Edition (xarid qilish) modeli standart Xiaomi Mi 8 (sotib olish) flagmanidan uch o‘lchamli qiyofa skaneri hamda daktiloskopli ekrani bilan farqlanadi. Taqdimotga tayyorlanayotgan Mi 9 Explorer Edition versiyasining old kamerasi va ekrani standart Xiaomi Mi 9 flagmanidan qanday farq qilishi esa hozircha noma’lum. Ehtimol, uning barmoq izi skaneri displeyning butun yuzasida amal qiladigan bo‘lar – kompaniya avvalroq shunday qurilmani ko‘rsatgan.

O‘QING: «JONLI» VIDEO: Xiaomi displeyning hamma joyi skanerli smartfon tayyorladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!