IT-startaplar uchun mo‘ljallangan Idea Lab loyihasi navbatdagi qabulni boshladi

IT-startaplar uchun mo‘ljallangan Idea Lab loyihasi navbatdagi qabulni boshladi

O‘zbekistondagi birinchi startap-akselerator doirasida Idea Lab loyihasiga yangi ishtirokchilar qabul qilinadi. Akselerator tashkilotchilarining ma’lum qilishicha, qabul 29 mayga qadar davom etadi, deb xabar bermoqda Daryo.Uz.

IT-startaplarni akseleratsiya va test qilishga yo‘naltirilgan 20 kunlik loyiha doirasida ishtirokchining g‘oyasi har tomonlama baholanadi, g‘oyaning bo‘sh va kuchaytirish zarur bo‘lgan jihatlari aniqlanadi. Shuningdek, startaplar va Lean Startup metodologiyasi, IT sohasida biznesni boshlash, investorlar loyihalarni qanday baholashi haqida ma’lumot beriladi.

Loyihaning dastlabki qabuli dekabr—yanvar oylarida bo‘lib o‘tgan va unda 8 ta startap qatnashgan edi. Bu haqda batafsil saytda o‘qish mumkin. Loyiha StartupFactory akseleratori tomonidan amalga oshirilmoqda.

Eng yaxshi natija ko‘rsatgan startaplar akseleratorning asosiy loyihasiga qabul qilinishi mumkin — bu yerda startaplar test rejimida emas, balki to‘laqonli ishga tushiriladi.

Idea Lab loyihasida qatnashishi uchun arizalarni 29 mayga qadar ushbu manzilga o‘tib topshirish mumkin. 6 iyun kuni loyiha ishga tushadi. O‘zbekistonda mazkur loyihaning muqobili yo‘q.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.