Barcha xabarlar

Samsung eng xaridorgir smartfonining davomchisini allaqachon ommaviy ishlab chiqara boshladi

Yilning birinchi yarmida butun dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan smartfonlar reytingida kuchli uchlikdan joy olgan Samsung qurilmasining navbatdagi talqini allaqachon tayyor!

Atigi 142 dollarga 40 dyuymlik televizor chiqdi!

Hattoki hamyonbop smartfonlardan ham arzon televizorning texnik xususiyatlari borasida ham mo‘’jiza kutmaslik kerak. Uning ekranida Full HD matritsa qo‘llangan, audiotizimining quvvati ham 16 vattlik.

Yandeks akkauntimizga begona joylarda ham parolsiz kiramiz

Vaziyat taqozosi bilan begona kompyuterda Yandeks akkauntingizga (pochta yo boshqa xizmatlaridan foydalanish uchun) kirishga to‘g‘ri kelib qolsa, login va parollarni kiritishga to‘g‘ri keladi...

Xiaomi Mi Note 10 (yoki CC9 Pro) smartfonining kamera xususiyatlariga tavsif berildi

Xiaomi Mi Note10 (yoki CC9 Pro) smartfonining taqdimotiga ham qisqa fursatlar qolmoqda, kompaniya esa smartfon haqida ma’lumotlarni ulashishda davom etyapti.

Taqdimotidan avval sotilayotgan Redmi Note 8T’ni ishlatib, Redmi Note 8 bilan taqqoslab ko‘ramiz! («jonli» video)

NFC moduli qo‘shilganini aytmasa, bu smartfon original Redmi Note 8 modelining aynan o‘zi bo‘lishini aytishayotgan edi. Lekin videolavha ularning boshqa farqlarini ham namoyon etdi.

Uchinchi chorakda Samsung'ning daromadlari ham kamaydi, ham ko‘paydi

Natijlar yillik daromad 56% ga kamayganini ko‘rsatmoqda.

«Yandeks»ga qarshi Alisher Usmonov, German Gref va Sergey Chemezov birlashdi

Rossiyaning «Sberbank»i Mail.ru Group’dagi «Gazprombank»ning ulushini sotib oladi, bu haqda ikkala bank kelishuvga erishdi. Mail.ru’ning yana bir hamkori «Rostex» davlat korporatsiyasidir.

Odnoklassniki bilan dunyo muzeylariga uydan chiqmasdan tashrif buyuring!

"Odnoklassniki" ijtimoiy tarmog‘i Rossiya va dunyodagi eng yirik muzeylar tomonidan yaratilgan interaktiv art-loyihalar, virtual ko‘rgazmalar va viktorinalar jamlangan "Muzeyga boramiz" san’at to‘g‘risidagi portalni ishga tushirdi.

UMS jamoasi – Samarkand Half Marathon ishtirokchisi

Yarim marafonning asosiy maqsadi – jamoatchilik e’tiborini madaniyat va san’at ob’yektlaridagi inklyuzivlik muammosiga qaratish, O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzi va sport turizmini rivojlantirishdan iborat.

Huawei Mate 30 5G flagmanlari savdoga chiqib, 1 daqiqadayoq 1 milliardlik sotildi!

Huawei Mate 30 turkumini Xitoyning o‘zida xaridorlar juda yaxshi qarshi olishgan. Mate 30 hamda Mate 30 Pro modellari savdoga chiqqanidan so‘ng bir haftaga yetmasdan, ular bir million donadan oshiq sotilgan.

Microsoft antiqa boshqotirma e’lon qildi – balki uni siz yecha olarsiz?

Ushbu pazlning sirini hozircha hech kim yecha olmayapti. Reddit foydalanuvchilaridan biri izohlarda, mazkur test mohiyatiga ko‘ra nonogramma yoki yaponcha krossvord ekanini ta’kidlagan.

2 000 dollarlik iPhone qimmat, deysizmi? 71 520 dollarligi chiqdi! (+video)

Caviar iPhone 11 Pro Discovery Solarius modelini tayyorlash uchun naq 500 gramm miqdorida 750 probali sof oltin ishlatilgan!

AirPods Pro savdoga chiqib ulgurmasidan xitoyliklar uning 40 dollarlik klonini sota boshlashdi!

To‘g‘ri, unga Apple’ning yangi quloqchinidagi barcha imkoniyatlar tatbiq etilmagan, ko‘rinishidan ham farqlasa bo‘ladi. Lekin bir necha kundayoq xitoyliklar uni klonlashtirib ulgurishganiga qoyil qolasiz!

Android-smartfonlar foydalanuvchilari uzoq kutgan imkoniyatni WhatsApp nihoyat taqdim etdi

Facebook kompaniyasiga qarashli ommabop WhatsApp messenjeri jamoasi o‘zining Android-ilovasini yangiladi. Unda turli yaxshilashlar qatorida oldin faqat Apple gadjetlarigagina berilgan yangi imkoniyat ham bor.

Geekbench listingi Xiaomi Mi Note 10 va Mi CC9 Pro'lar aslida bitta smartfon ekanligini tasdiqladi

Benchmark har ikki devaysning texnik jihatlari bir xil ekanligini ko‘rsatib berdi.

Xiaomi mutlaq rekord o‘rnatdi – misli ko‘rilmagan raqamlar!

Joriy yilning 28 sentyabridan to 29 oktyabrigacha faqat Hindistonning o‘zidagina 12 milliondan ortiq Xiaomi mahsulotlari sotilgan. Ular orasida smartfonlarning ulushi esa 8,5 million donani tashkil etadi.

Avlodlar silsilasi: Galaxy S'dan Galaxy S10'gacha

Galaxy S seriyasining barcha devayslari bilan tanishib chiqib, 9 yil davomida Samsung dizayn va texnik jihatlar borasidagi o‘z falsafasini qanday o‘zgartirganligini bilib olamiz.

Bolangiz smartfondan bosh ko‘tarmayaptimi? Ayb sizning daromadingizda!

O‘smirlar va bolalarning «buzilib ketayotgaanligi» sababi – ota-onalar o‘z bolasining «hech kimdan kam bo‘lmasligi» uchun unga zo‘r devayslar olib berib qo‘yganida, deb o‘ylaysizmi? Qisman to‘g‘ri, ammo...

Dronni chegaradan yashirincha olib o‘tmoqchi edi...

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish bo‘yicha jinoiy javobgarlik belgilangan.

Endi har qanday smartfonni atigi 150 dollar evaziga noutbukka aylantirish mumkin! (+video)

Xitoyliklar PhoneBook nomli universal dok-stansiya taqdim etishdi. Unga MTK protsessorlaridan boshqa har qanday chipset bazasidagi smartfonni ulab, to‘laqonli noutbuk sifatida foydalansa bo‘ladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш